Dunyoda

Britaniya zarur boʻlganida toliblar bilan ishlashga tayyorligini bildirdi

© AFP / FARIDULLAH AHMADZAIBoyeviki, zapreщennogo v RF, dvijeniya Taliban
Boyeviki, zapreщennogo v RF, dvijeniya Taliban - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.07.2021
Britaniya Mudofaa vazirligi rahbari Uolles London zarurat tugʻilganida toliblar bilan ishlashga tayyorligini bildirdi
TOSHKENT, 14 iyul - Sputnik. Buyuk Britaniya zarurat tugʻilganida, agar "Tolibon"* harakati Afgʻoniston hukumati tepasiga kelgan taqdirda, u bilan ishlashga tayyor, deb bayonot qildi Britaniya mudofaa vazirligi rahbari Ben Uolles.
"Hukumatda qanday kuchlar boʻlmasin, agar ular muayyan xalqaro normalarga amal qilsa, Buyuk Britaniya hukumati u bilan hamkorlik qiladi", - dedi vazir Telegraph nashriga bergan intervyusida.
Uollesning soʻzlariga koʻra, Britaniyaning bunday qaroriga turli munosabat bildirilishi tabiiy, va u buni tushunadi, ammo pragmatik yondashuv mustahkam tinchlik asosiga aylanishi mumkin.
Voorujennыe lyudi v Afganistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.07.2021
Analitika
"Tolibon"* - 2021: uyushmami yoki allaqachon davlat?
"Har qanday tinchlik jarayonida dushman bilan yarashishga toʻgʻri keladi", - deb hisoblaydi siyosatchi.
Siyosatchining fikricha, toliblar xalqaro darajada tan olinishni istaydi, ammo buning uchun ular radikal usullardan voz kechishlariga toʻgʻri keladi. "Davlatchilik qurilishi uchun moliyalashtirish va koʻmak zarur, boshda terrorchining niqobi bilan esa bunday koʻmakni olishni imkoni yoʻq", - deya taʼkidladi Uolles.
* Rossiyada taʼqiqlangan terroristik tashkilot.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala