Iqtisod

Buxorodan Rossiyaga pomidor va qalampir olib kirishga vaqtincha cheklov kiritildi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Fotobankka oʻtishProdaja ovoщey i fruktov v Moskve
Prodaja ovoщey i fruktov v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.07.2021
TOSHKENT, 14 iyul — Sputnik. Rossiyaning Veterinariya va fitosanitariya boʻyicha federal xizmati (Rosselxoznadzor) Oʻzbekistonning Buxoro viloyatidan Rossiyaga qalampir va pomidor mahsulotlarining kirib kelishini vaqtinchalik chekladi. Bu haqda idora saytida xabar qilindi.
Qayd etilishicha, cheklov bu mintaqadan keltirilgan pomidorlarda jigarrang burishgan virus (ToBRFV Tomato brown rugose fruit virus) aniqlangani sabab kiritilgan.
Pomidorы  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.04.2021
Iqtisod
Rossiya Oʻzbekistonning 17ta korxonasidan pomidor importiga ruxsat berdi
Avvalroq Rosselxoznadzor 28 iyundan boshlab Fargʻona viloyatida faoliyat koʻrsatuvchi 15 ta korxonadan Rossiyaga pomidor va qalampir olib kirishga ruxsat bergan edi.
Oʻzbekiston 2021 yilning yanvar-aprel oylari davomida Rossiyaga 17,5 ming tonna pomidor eksport qilgan va Rossiya oʻzbek pomidorining asosiy xaridori boʻlgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala