Iyun oyida eng ko‘p yurganlarga qariyb 69 mln so‘m to‘lab berildi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishUchastnitsa marafona
Uchastnitsa marafona - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.07.2021
Obuna bo‘lish
Iyun oyi yakunlariga ko‘ra, 890 947 qadam piyoda yurgan Toshkent shahar Yunusobod tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro g‘olib deb topilgan. U o‘zining elektron hamonini 1,8 mln so‘mdan ko‘proqqa boyitib olgan.
TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. 1-iyundan boshlab o‘zbekistonliklar orasida yurish va yugurishni keng targ‘ib qilishga qaratilgan “Sog‘lom turmush tarzi” (1hls.uz) platformasi rasman faoliyat ko‘rsatishni boshladi.
Iyun oyi yakunlariga ko‘ra, 890 947 qadam piyoda yurgan Toshkent shahar Yunusobod tumanida istiqomat qiluvchi Timur Rafikovich Axmadullin g‘olib deb topilgan va 1 million so‘mni qo‘lga kiritgan. U nafaqat respublika, balki tuman va hudud kesimida ham g‘olib chiqqan. Shu bois o‘zining elektron hamonini umumiy hisobda 1,8 mln so‘mdan ko‘proqqa boyitib olgan.
Umumiy hisobda iyun oyida “Sog‘lom turmush tarzi” (1hls.uz) platformasining tuman, hudud va respublika bosqichi g‘oliblariga 68,9 mln so‘m mukofot tarzida to‘lab berilgan. Shundan 60,9 millioni 203 tuman bosqichi g‘oliblariga (to‘liq ro‘yxat), 7 mln so‘m Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududlari g‘oliblariga hamda yana 1 mln respublika miqyosida eng ko‘p yurgan fuqarolarga mukofot tariqasida to‘lab berilgan.
Qayd etilishicha, ayrim fuqarolar platformaga haligacha ishonchsizlik bilan qaramoqda.
“Biroq shubha-gumonlarga borishingiz o‘rinsiz, “Sog‘lom turmush tarzi” (1hls.uz) platformasi ishlamoqda va u orqali O‘zbekistonning 18 yoshdan oshgan fuqarolari allaqachon iyun oyi yakunlariga ko‘ra o‘zlariga tegishli mukofot pullarini qo‘lga kiritib ulgurishdi”, - deyilgan xabarda.
Aziz Abduxakimov lichno protestiroval velodorojki Tashkenta - foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.12.2020
Rahbarlar ishga bir marta piyoda kelib ketadi - yangi qonun
Hozirda umumiy hisobda platformadan 27 482 kishi ro‘yxatdan o‘tgan. Shundan 20 774 nafari erkaklar, 6 658 nafari esa ayollardir.
“Sog‘lom turmush tarzi” ilovasini Google play va App storeʼdan yuklab olish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, prezident farmoni bilan bir sutka davomida 10 ming va undan ortiq qadam yurganlarning elektron hamoniga 3 ming so‘m, bir oyda bir marta tuman (shahar) bo‘yicha eng ko‘p yurgan shaxsga 300 ming so‘m, hududlar bo‘yicha eng ko‘p yurgan shaxsga 500 ming so‘m, respublika bo‘yicha eng ko‘p yurgan shaxsga 1 mln so‘m qo‘shimcha to‘lanadi.
Yangiliklar lentasi
0