Siyosat

Kamilov Dushanbeda SHHT TIVK yigʻilishida ishtirok etdi

© Press-slujba MID UzbekistanaAbdulaziz Kamilov prinyal uchastiye v zasedanii Soveta ministrov inostrannыx del gosudarstv-chlenov Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva v Dushanbe
Abdulaziz Kamilov prinyal uchastiye v zasedanii Soveta ministrov inostrannыx del gosudarstv-chlenov Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva v Dushanbe - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.07.2021
Yigʻilishda vazirlar SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasini yanada kengaytirish va rivojlantirish boʻyicha fikr almashishdi.
TOSHKENT, 14 iyul — Sputnik. 13-14 iyul kunlari Oʻzbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga aʼzo davlatlar tashqi ishlar vazirlari kengashining Dushanbe shahrida boʻlib oʻtgan navbatdagi yigʻilishida ishtirok etdi.
Hindiston, Pokiston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Rossiya, Xitoy, Tojikiston va Oʻzbekiston tashqi siyosiy idoralari rahbarlari SHHT bosh kotibi va SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qoʻmitasi direktori ishtirokida tashkilotning boʻlajak yubiley sammitiga tayyorgarlik jarayonini muhokama qilishdi.
© Press-slujba MID UzbekistanaAbdulaziz Kamilov prinyal uchastiye v zasedanii Soveta ministrov inostrannыx del gosudarstv-chlenov Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva v Dushanbe
Abdulaziz Kamilov prinyal uchastiye v zasedanii Soveta ministrov inostrannыx del gosudarstv-chlenov Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva v Dushanbe - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.07.2021
Abdulaziz Kamilov prinyal uchastiye v zasedanii Soveta ministrov inostrannыx del gosudarstv-chlenov Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva v Dushanbe
Vazirlar SHHTga aʼzo davlatlar rahbarlari kengashi yigʻilishi kun tartibi loyihasini va majlisida imzolash uchun taklif qilingan hujjatlarni koʻrib chiqdilar.
Soʻnggi 20 yil ichida SHHT nufuzli xalqaro tuzilishga aylanib, zamonaviy davlatlararo aloqalar tizimini mustahkamlashda munosib ishtirok etayotgani alohida taʼkidlandi.
Tashkilot faoliyatini, shu jumladan, SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasini yanada kengaytirish va rivojlantirish boʻyicha fikr almashildi.
Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy xarakterdagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Delegatsiyalar rahbarlarini Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon ham qabul qildi.
© Press-slujba MID UzbekistanaAbdulaziz Kamilov prinyal uchastiye v zasedanii Soveta ministrov inostrannыx del gosudarstv-chlenov Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva v Dushanbe
Abdulaziz Kamilov prinyal uchastiye v zasedanii Soveta ministrov inostrannыx del gosudarstv-chlenov Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva v Dushanbe - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.07.2021
Abdulaziz Kamilov prinyal uchastiye v zasedanii Soveta ministrov inostrannыx del gosudarstv-chlenov Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva v Dushanbe
Uchrashuvda joriy yilning sentyabr oyida boʻlib oʻtadigan SHHTning Dushanbe sammiti yakunlari boʻyicha Tashkilotga raislik Oʻzbekiston tomoniga oʻtishi munosabati bilan Abdulaziz Kamilov SHHTga aʼzo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashi nomidan nutq soʻzladi.
Vazir oʻz nutqida oʻzaro aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb jihatlarini, SHHTga aʼzo davlatlarning koʻp tomonlama hamda ikki tomonlama shakldagi hamkorlik va sheriklik jarayonida erishilgan ulkan ijobiy yutuqlarni qayd etdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala