Jamiyat

Kosonsoyda kuzatilgan gidrometeorologik vaziyat toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berildi

Voda - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.07.2021
Qayd etilishicha, Kosonsoy tumani togʻoldi hudud hisoblanadi. Georafik joylashganligiga koʻra, sel-toshqinlari hosil boʻlishiga moyil hudud sanaladi.
TOSHKENT, 14 iyul — Sputnik. Oʻzgidromet Namangan viloyati Kosonsoy tumanida 13 iyul kunduzi kuzatilgan gidrometeorologik vaziyat toʻgʻrisida maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, oʻsha kuni Qirgʻizistonning shimoli-gʻarbiy qismi va Qozogʻiston janubidan atmosfera sovuq fronti oʻtgan. Kunning ikkinchi yarmida buning ortidan Fargʻona vodiysi togʻ havzalarida kuchli yomgʻirli toʻp-toʻp bulutlar rivojlangan.
Qirgʻizistonning Jalolobod viloyati Oqsuv va Olabuqa tumanlarida yoqqan kuchli jala yomgʻirlar Kosonsoy tumanidan oqib oʻtuvchi Kosonsoy soyida sel oqimini hosil qilgan.
Tumanning ayrim hududlarida qisqa muddatli jala yomgʻirlari va doʻl kuzatilgan. Oʻrtacha hisobda doʻl diametri 1 santimetrni tashkil etgan.
Silnыy sel soshel v Kasansaye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.07.2021
Hodisalar
Kosonsoydagi kuchli sel 8 kishining umriga zomin boʻldi
Qayd etilishicha, Kosonsoy tumani togʻoldi hudud hisoblanadi. Georafik joylashganligiga koʻra, sel-toshqinlari hosil boʻlishiga moyil hudud sanaladi. 13 iyul kuni Qirgʻiziston hududlarida kuzatilgan kuchli jala yomgʻirlar hisobiga shakllangan Kosonsoy soyidagi sel hodisalari oldinlari tumanning boshqa soylarida ham tez-tez takrorlangan. Kecha Kosonsoy soyidan maksimal 60 m³/s miqdordagi sel-suv toshqini oʻtgan.
Gidrometeorologiya xizmati markazi mahalliy aholidan 14-17 iyul kunlari Qirgʻiziston bilan chegaradosh boʻlgan hududlardagi dam olish maskanlariga bormaslikni soʻragan.
Posledstviya sxoda selevogo potoka  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.07.2021
Jamiyat
Uch viloyatda sel kelishi xavfi mavjud
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala