O‘zbekiston KXShTga shoshilmayapti, lekin unga istagan vaqtida qaytishi mumkin

© Press-slujba SVO MO RFSovmestnie rossiysko-uzbekskie ucheniya na poligone "Forish"
Sovmestnie rossiysko-uzbekskie ucheniya na poligone Forish - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.07.2021
Obuna bo‘lish
Afg‘onistonda vaziyat tobora notinch bo‘lib borarkan, KXShT davlatlari orasida hamda Toshkent va Moskva orasida harbiy va harbiy-texnik hamkorlik ildam kuchaymoqda.
O‘zbekiston Rossiya va KXShTning boshqa a’zolari bilan doimiy harbiy-texnik aloqada bo‘lib turibdi. Afg‘onistonda jangovar harakatlarning keskin tus olishi Toshkent va Moskvaning tashqi siyosiy pozitsiyalarini yaqinlashtiradi va O‘zbekistonni kollektiv xavfsizlik tizimiga kirishga undashi mumkin.
O‘zbekiston prezidentining matbuot kotibi Sherzod Aasadov 12-iyul kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida KXShT borasida berilgan savolga "Biz KXShTga a’zolik bo‘yicha hech qanday taklif olganimiz yo‘q. Ustiga ustak bizning qonunlarda Respublika hududida harbiy bazalar tashkil qilish va bunday tashkilotlarga kirish ta’qiqlangan”, deb javob qaytardi. Bu juda qiziq javob. Qo‘shni Afg‘onistonda vaziyat qaynoq bo‘lib turgan vaqtda, Asadovning ushbu bayonoti ko‘pchillikka ham o‘zbek jamoatchiligiga ham tolibonga (xavotir olmanglar, biz sizga qarshi hech narsa uyushtirmayapmiz) qaratilgandek bo‘lib tuyuldi.
Voyennoslujashie NATO osushestvlyayut posadku v vertolet - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.07.2021
AQSh o‘z qo‘shinlarining 95 foizini Afg‘onistondan chiqardi
Eslatib o‘tamiz, KXShTga a’zo bo‘lish va harbiy bazalar ochish – bular bir-biriga bog‘liq emas. Masalan Belarus va Qozog‘istonda Rossiya harbiy bazalari yo‘q. Toshkentning oq ko‘ngil betarafliga va bo‘lajak Afg‘oniston hukumatiga nisbatan o‘zini siyosiy to‘g‘ri tutishini tushunsa bo‘ladi – hech kim qo‘shnisi bilan “dushman” bo‘lishni istamaydi, garchi u o‘rta asrlarga xos “islom amirligi” bo‘lsa ham.
Harbiy-diniy Tolibon* O‘zbekistonda terrorchi tashkilot hisoblanmaydi, lekin ushbu tashkilotni 1994-yildan buyon Pokiston maxsus xizmtlari boshqarib kelmoqda. Mana shuning o‘zi ham yaqin kelajakda munosabatlar oddiy bo‘lmasligidan darak beradi. Undan tashqari Afg‘onistonda Tolibon* “Al-Qoida” bilan aralashib ketgan va ID* bilan raqobat qilmoqda. Shu sababli ham Tolibon bilan do‘st tutinishning – istiqboli yo‘q.
Toshkent hududdagi kuch markazlari joylashuvini to‘g‘ri baholaydi. Rossiya Markaziy harbiy okrugining Suriya tajribasiga ega bo‘lgan eng yaxshi ofitserlari Termiz va Samarqanddagi poligonlarda 12-iyul kuni 300ga yaqin O‘zbekiston harbiylarini uchun tayyorlov kurslari o‘tkazishdi. O‘quv dasturiga moto-o‘qchi bo‘linmalarning kunduzgi va tungi taktik mashg‘ulotlari, BTR-82 bronetransportorlar yordamida o‘q otish, granatomotlardan o‘q uzish, razvedka texnik vositalari yordamida artilleriya o‘tini boshqarish bo‘yicha mashqlar kiritildi. Tinchlik istasang – urushga tayyor bo‘l.

Xavfsizlik kafolati

Har yili O‘zbekiston va Rossiya harbiy bo‘linmalarning operativ va jangovar tayyorgarligini oshirish bo‘yicha 70 dan ortiq mashg‘ulotlar o‘tkazib kelmoqda. Rossiya MHO qo‘mondoni general-polkovnik Aleksandr Lapin aytishiga ko‘ra 2021-yilning yoz mavsumida Rossiya, O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston hududida 9ta xalqaro qo‘shma o‘quv-mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston a’zo bo‘lmasada, uning osmoni ustida doimiy ravishda KXShTning hududiy xavfsizlik “soyaboni ochilgan”. Markaziy Osiyo hududida umumiy tashqi xavflarga kollektiv javob berish tizimidan tashqari bo‘lishning iloji yo‘q. Hududdagi har bir davlat qo‘shni davlatning harbiy yordamidan manfaatdor. Rossiya ham o‘z milliy xavfsizligini Markaziy Osiyo xavfsizligi bilan chambarchas bog‘liq deb hisoblaydi.
Lyudi vo vremennom lagere dlya postradavshix v rezultate boyevix deystviy, na odnoy iz ulis Kabula - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.07.2021
Qo‘lni kesish, qamchi bilan savalash – oddiy afg‘onlar Tolibon* davrini qanday eslaydi
O‘zbekiston va Rossiya mudofaa muassasalari 28-aprel kuni ilk bor 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan harbiy sohada strategik hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani imzolashdi. Ustuvor yo‘nalishlar – harbiy xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan ikki tomonlama tadbirlar, xalqaro terrorchilikka qarshi birgalikda kurash, O‘zbekiston qurolli kuchlarining jangovar potensialini mustahkamlash va harbiy kadrlar tayyorlashdir. Ushbu rejalarni amalga oshirish ikki davlatning harbiy va harbiy-texnik hamkorligini tizimlashtirish imkonini beradi. Shunday qilib, ushbu yo‘nalishda Rossiya tashabbusni AQShdan olib qo‘ydi desak bo‘ladi. AQSh Afg‘onistondan qo‘shinlarni olib chiqqanidan so‘ng O‘zbekistonni “zahira aerodrom” sifatida foydalanishni rejalashtirgan edi. Lekin Toshkent qat’iyatli va ishonchli hamkorni tanladi, deb xulosa qilish mumkin.
Biroz oldin Rossiya va O‘zbekiston bosh shtablari boshliqlari Shuhrat Xolmuxamedov va Valeriy Gerasimov uchrashuvida, Gerasimov O‘zbekiston Rossiyaning Markaziy Osiyodagi strategik hamkori ekanini tasdiqlagan edi.
Toshkent va Moskvaning harbiy sohadagi hamkorligi – hududiy barqarorlikni saqlab qolishda – eng muhim shartlaridan biridir, ayniqsa AQSh va uning ittifoqchilari Afg‘onistondan qo‘shinlarni olib chiqib ketganidan so‘ng. Rossiya – harbiy sohada O‘zbekistonning asosiy hamkori va milliy armiya uchun eng yirik qurol yetkazib beruvchidir.
Boyeviki, zapreshennogo v RF, dvijeniya Taliban - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.07.2021
Britaniya zarur bo‘lganida toliblar bilan ishlashga tayyorligini bildirdi
O‘zbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda eng kuchli armiyalardan biri va bunda Rossiyaning hissasi ham bor. Rossiya tomonidan ishlab chiqariladigan qurol aslahalar orasida O‘zbekiston zarba beruvchi aviatsiya, havo va raketa jujumidan himoya vositalari hamda quruqlik qo‘shinlari uchun bronetransportorlarni tanlagan. Bugungi kunda O‘zbekistonga 12ta shartnoma asosida Su-30SM Rossiya qiruvchi samolyotlari (Rossiya davlat krediti asosida), Mi-35M – zarba beruvchi vertolotlar, BTR-82A – bronetransportorlar, "Sopka-2" – zamonaviy radiolokatsion majmualar yetkazib berilmoqda. Undan tashqari 300 dan ortiq o‘zbekistonlik harbiylar Rossiya harbiy OTMlarida ta’lim olmoqda. O‘zbekiston harbiy budjeti YaIMning 4%ini tashkil qiladi. Bu militarizatsiya emas, zamon talablariga javob berish xolos.

Afg‘on notinchligi

Qo‘shni Afg‘onistonda Tolibon* tobora kuchayib bormoqda. 2021-yildagi Tolibon* 1996-yildagi Tolibondan jiddiy farq qiladi. Yangi Tolibon* faqat pushtunlar emas. Uning 40% - tojik va o‘zbeklardan iborat. Tolibonning birinchi navbatda O‘zbekiston va Tojikistonga olib boruvchi strategik yo‘llarni va Amudaryodan o‘tish nuqtalarini egallab olishi– xavotirli tuyuladi.
Bir vaqtning o‘zida Al-Qoida* va ID* terrorchilarining faolligi ham oshmoqda. O‘zbekiston islom harakati biroz oldin ID*ga qo‘shilgan edi. Terrorchilar uchun daromad manbai bo‘lgan afg‘on narko traffigi har yili 30 – 70 mlrd. Dollar daromad olib keladi. AQSh qo‘shinlari olib chiqilganidan so‘ng uning hajmi yanada oshishi, terrorchilar qatorlari to‘lishi mumkin.
Afg‘oniston shimoliy hududlari aholisi Tolibon* tomonidan kiritilayotgan keskin cheklovlar va o‘zboshimchaliklardan norozi. Terrorchilik akti ehtimoli yuqori bo‘lgani sababli Mozori-Sharifda Rossiya konsulligi faoliyatini vaqtincha to‘xtatishga qaror qilindi va Qobuldagi elchixonani qo‘riqlash kuchaytirildi. Mozori Sharifdagi Rossiya diplomatlari O‘zbekistonga ko‘chirildi. Bu ham bejiz emas. Afg‘onistondagi notinchlik qo‘shni davlatlarga tarqalish ehtimoli yuqori. O‘zbekiston esa ushbu loyqa to‘lqin yo‘lida mustahkam qoyadir.
Vizit Ministra oboroni RF Sergeya Shoygu v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.05.2021
Rossiya qo‘shinlari O‘zbekistonga kiritilmaydi – Mudofaa vazirligi
Mavjud vaziyatda Toshkent va Moskva orasida hamkorlikning kuchayishi aniq. Bu borada Rossiya hududiy xavfsizlik tizimi yaratish tarafdori va g‘arbiy hamkorlardan farqli o‘laroq, aksariyat ishlarni beg‘araz amalga oshiradi. Turkmaniston bilan harbiy va harbiy-texnik hamkorlikning kuchayishi bunga misol bo‘lishi mumkin.
KXShT bo‘yicha hamkorlik borasida, yana bir bor eslatib o‘tamiz, ushbu shartnoma dastlab Toshkentda imzolangan edi. O‘zbekiston ushbu tashkilotga ikki marotaba kirib ikki marotaba tark etgan (1999 va 2012-yillarda). Uchinchi marotaba kirishni rejalashtirmagan bo‘lsa-da, uning uchun tashkilot eshiklari doimo ochiq. “Yangi tolibon” esa, mantiqqa zid bo‘lsa-da, KXShTning yanada mustahkamlanishi uchun ishlamoqda.
* – Rossiyada ta’qiqlangan terrorchi tashkilot
Yangiliklar lentasi
0