Jamiyat

Oʻzbekistonda barcha millatlar uchun keng imkoniyatlar yaratilgan – milliy markaz rahbari

© Komitet po delam natsionalnosteyKirgizskiy natsionalno-kulturnыy tsentr
Kirgizskiy natsionalno-kulturnыy tsentr - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.07.2021
30 iyulning "Xalqlar doʻstligi kuni" deb eʼlonq ilinishi – Oʻzbekiston tarixida muhim voqea boʻldi - Raxmatulla Jabborov.
TOSHKENT, 17 iyul – Sputnik. Oʻzbekistonda yashayotgan millatlar oʻz tili, milliy madaniyati va urf-odatlarini saqlab qolishi va rivojlantirishi uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.
Bu haqida AOKAda boʻlib oʻtgan brifingda Oʻzbekistondagi Qirgʻiz milliy madaniy markazi rahbari Rahmatulla Jabborov hikoya qilib berdi.
Jabobrov aytishiga koʻra, bugungi kunda Oʻzbekistonda 300 mingdan ortiq qirgʻiz millatiga mansub fuqarolar istiqomat qiladi. Ular uchun Andijon, Fargʻona,Namangan, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari Qirgʻiz milliy madaniy markazi filiallari faoliyat yuritadi. Shuningdek, Oʻzbekistonda 51 ta maktabda taʼlim qirgʻiz tilida olib boriladi va ushbu maktablar uchun darsliklar qirgʻiz tilida chop etiladi.
Milliy madaniy rahbar aytishiga koʻra, Oʻzbekistonda soʻnggi yillarda xalq diplomatiyasi va millatlararo totuvlikni taʼminlash uchun juda koʻp ishlar amalga oshirilgan.
Xususan, prezident tomonidan 1995 yilga qadar kirib kelganlarga Oʻzbekiston fuqaroligini berish, undan tashqari uzoq vaqt davomida yashab kelganlarni soddalashtirilgan tartibda fuqarolikka qabul qilish – kamida 50 ming kishi uchun orziqib kutilgan yangilik boʻlgan.
Undan tashqari Shavkat Mirzyoiyev tashabbusi bilan 30 iyul – Xalqlar doʻstligi kuni deb eʼlonq ilinishi – muhim tarixiy voqea boʻlgan.
Maʼlumot uchun bugungi kunda Oʻzbekistonda 130dan ortiq milliy madaniy markazlar va 38ta doʻstlik jamiyatlari faoliyat yuritib kelmoqda. Shunigdek Oʻzbekistonda 16ta diniy konfessiyalar bor.
© Komitet po delam natsionalnosteyKirgizskiy natsionalno-kulturnыy tsentr
Kirgizskiy natsionalno-kulturnыy tsentr - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.07.2021
Kirgizskiy natsionalno-kulturnыy tsentr
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala