Jamiyat

Oʻzbekistondan AQShga it olib kelish taqiqlandi

Sobaka - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.07.2021
Roʻyxatdan Oʻzbekiston bilan bir qatorda dunyoning yana 112 mamlakati oʻrin olgan
TOSHKENT, 14 iyul — Sputnik. AQShda 113 mamlakatdan, jumladan, Oʻzbekistondan itlarni olib kirishga oid vaqtinchalik taqiq kuchga kirdi. Bu haqda AQSH Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish federal markazi (CDC) saytida xabar qilindi.
Roʻyxatdan Oʻzbekiston bilan bir qatorda Rossiya, Tojikiston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Ukraina, Belarus, Ozarbayjon, Armaniston, Gruziya, Xitoy, Moldova,Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasining oʻnlab mamlakatlari va boshqalar oʻrin olgan.
Taʼkidlanishicha, yangi cheklovlar Amerikada quturish kasalligi tarqalishi xavfi bilan bogʻliq.
Sobaka v kletke na odnom iz rыnkov Kitaya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.10.2020
Jamiyat
Toshkent aholisi it-qassobi ustidan shikoyat qilishdi - "Mehr va oqibat" jamiyati
CDC maʼlumotlariga koʻra, taqiqqa tushgan mamlakatlar hissasiga Amerikaga import qilinayotgan itlarning qariyb 6 foizi toʻgʻri keladi.
Shu bilan birga yangi qoidalarda istisnolar mavjud: juda zarur holatlarda jonivor egalariga uni olib oʻtishga ruxsat berishlari mumkin. Ruxsat beruvchi hujjat CDC tomonidan beriladi.
Buning uchun AQShga kirishdan avval olti oy ilgari maxsus arizani rasmiylashtirish talab etiladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala