Qoraqalpog‘istonda avtobus va yuk mashinasi to‘qnashishi oqibatida ikki kishi qurbon bo‘ldi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishDorojniy znak na meste avarii
Dorojniy znak na meste avarii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.07.2021
Obuna bo‘lish
Nukus shahri tomon harakatlangan “Isuzu” avtobusiga Chimboy tumanidan aylanma yo‘l orqali harakatlangan “GAZ-5312” yuk mashinasi kelib urilgan.
TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Qoraqalpog‘istonda avtobus hamda yuk avtomobili to‘qnashuvi natijasida ikki nafar fuqaro vafot etdi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.
Kegeyli tumanidan Nukus shahri tomon harakatlangan “Isuzu” avtobusiga Chimboy tumanidan aylanma yo‘l orqali harakatlangan “GAZ-5312” yuk mashinasi kelib urilgan.
Qoralqapog‘iston Respublikasi IIV YHXB boshlig‘i o‘rinbosari Sulaymon Yusupovning so‘zlariga ko‘ra, hodisa oqibatida bir kishida voqea joyida vafot etgan, ikki kishi esa shifoxonaga yotiqizilgan. Keyinchalik avtobusning ikkinchi yo‘lovchisi ham tuman shifoxonasida vafot etgan.
Pat chelovek postradali pri stolknovenii GAZ-5327 s avtomobilyami Matiz i Spark v Andijanskoy oblasti.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.06.2021
Andijonda mast haydovchi yirik YTH sodir etdi: besh kishi jarohatlandi
YTHga uchragan transport vositalarining holati o‘rganilganda yuk mashinasi qayta jihozlangani, mavsumiy texnik ko‘rikdan o‘tmagani aniqlangan.
Yangiliklar lentasi
0