Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Rossiya TIV Afgʻonistondagi vaziyatdan ISHID* foydalanishi mumkinligidan xavotir bildirdi

© AFP / JEWEL SAMADBoyeviki, zapreщennogo v RF, dvijeniya Taliban
Boyeviki, zapreщennogo v RF, dvijeniya Taliban - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.07.2021
Rossiya prezidentining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Zamir Kabulov Afgʻonistondagi vaziyatdan ISHID foydalanishi mumkinligi xavotir uygʻotayotganini maʼlum qildi.
TOSHKENT, 14 iyul — Sputnik. Rossiya Afgʻoniston shimolidagi urush xaosidan ISHID* jangarilari foydalanishi mumkinligidan xavotirda. Bu haqda Rossiya prezidentining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili, Rossiya TIV Osiyo ikkinchi departamentining direktori Zamir Kabulov RIA Novostiga maʼlum qildi.
“Afgʻoniston shimolidagi urush xaosidan ishidchilar foydalanishi mumkinligi bizni xavotirga solmoqda. Bu biz uchun juda muhim jihat”, - dedi Kabulov.
Uning soʻzlariga koʻra, soʻnggi paytlarda Afgʻoniston shimolidagi qator tumanlarni egallab olgan toliblar* ishidchilarning ashaddiy dushmani sanaladi.
Tablichka na stole predstaviteley dvijeniya Taliban  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.07.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
“Tolibon”* Afgʻonistonda “sof islom davlati”ni yaratmoqchi
“Ular (toliblar* - tahr.) ularni yomon koʻradi va asirga olmaydi, ular ularni yoʻq qilishadi. Hisob-kitoblarimizga koʻra, shimolda 3-4 ming ishidchilar* qolgan. Lekin shimolni hukumat kuchlari nazorat qilgan vaqtda ular ISHID* bilan jang qilmagan, ISHID* oʻzini u yerda yaxshi his qilgan, toliblar* esa ularni omon qoʻymaydi. Shuning uchun toliblarning* u yerdagi muvaffaqiyati ISHID*ni zaiflashtiradi, hujum uchun va Markaziy Osiyoga qarshi diversiya uchun zamindan mahrum qiladi”, - deya qoʻshimcha qildi Kabulov.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkilotlari
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala