Rossiyada migrantlarni ishga yollovchilar qattiq nazoratga olinadi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishMigranti na stroyke
Migranti na stroyke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.07.2021
Obuna bo‘lish
Tadbirkorlar faoliyati ustidan ular mehnat va migratsiya qonunchiligiga qanchalik amal qilishayotgani bo‘yicha rejadan tashqari tekshirishlar o‘tkazilishi mumkin
TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Rossiya Ichki ishlar vazirligi xodimlari chet el fuqarolarini yollaydigan ish beruvchilar faoliyatini yangi reglament bo‘yicha nazorat qilib boradi. Bu haqda departament buyrug‘i loyihasiga asoslanib TASS xabar bermoqda.
Jumladan, Ichki ishlar vazirligi xodimlari kompaniya va firmalar rahbarlarini mehnat migrantlarining Rossiya Federatsiyasi hududida bo‘lish, yashash, harakatlanish va mehnat faoliyatini amalga oshirish qoidalariga qanchalik amal qilayotganliklari bo‘yicha tekshirib boradi.
Vidacha pervix patentov v Yedinom migratsionnom sentre Moskovskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.07.2021
Patent: “Saxarovo” migratsiya markazi migrantlarga eslatma bilan chiqdi
Buyruq loyihasida politsiya rejadan tashqari nazorat tekshiruvini o‘tkazishga haqliligi ko‘rsatilgan. IIV xodimlari kerakli hujjatlarni taqdim etishni so‘rashga, shuningdek, manzilli reydlarni amalga oshirishga haqli bo‘ladi.
Qoidabuzarliklar aniqlangan taqdirda, idora mutaxassislari migratsiya qonunchiligining majburiy talablariga rioya qilmaganlik bilan bog‘liq bayonnomalar tuzadilar.
Vidacha pervix patentov v Yedinom migratsionnom sentre Moskovskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.04.2021
Muhim: 1-maydan patent to‘lovi uchun yangi rekvizitlarni ko‘rsatish kerak
Ichki ishlar vazirligi ish beruvchilar politsiya harakatlari ustidan shikoyat qilishlari mumkinligini ta’kidlab o‘tgan.
Patent, RVP va VNJ: muhim o‘zgarishlar kutilmoqda >>>
Eslatib o‘tamiz, 2020-yil mart oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin migratsiya qonunchiligini isloh qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar ro‘yxatini tasdiqladi.
Amaldagi qonunchilikning zarur darajada aniq emasligi hamda hujjatlarni birlashtirishga ehtiyoj borligi amaldagi qoidalarning o‘zgartirilishiga sabab bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0