Rossiya

Rossiyada oʻsmirlarni koronavirusga qarshi emlash qachon boshlanishi mumkinligi aytildi

© Sputnik / Oliver Ondras / Fotobankka oʻtishVaktsinatsiya preparatom Sputnik V
Vaktsinatsiya preparatom Sputnik V - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.07.2021
Moskvada “Sputnik V” vaktsinasining oʻsmirlarga moslashtirilgan tadqiqoti olib borilmoqda.
TOSHKENT, 14 iyul — Sputnik. Rossiyada oʻsmirlarni COVID-19 ga emlash 20 sentyabrgacha boshlanishi kerak. Bu haqda Gamaleya markazi direktori Aleksandr Gintsburg RIA Novostiga maʼlum qildi.
“Soʻnggi paytlarda avvalgiga qaraganda kasallik bilan yanada ogʻirroq xastalayotgan oʻsmirlar soni koʻpaydi. Ularni himoya qilish kerak”, - dedi Gintsburg.
U Moskvada iyul oyida 12-17 yoshdagi oʻsmirlar ishtirokida boshlangan vaktsina tadqiqoti haqida toʻxtalib, unda ishtirok etayotgan faqat ikki oʻsmirning harorati koʻtarilganini taʼkidladi.
Proizvodstvo vaktsinы Sputnik V - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.07.2021
Rossiya
"Sputnik V"ning koronavirusning yangi shtammlariga qarshi samaradorligi aniqlandi
Gamaleya direktori bu boshqa bir suyuqlik emas, balki aynan vaktsina kiritilganini anglatuvchi reaktsiya ekanini aytdi.
“Oʻlchanmagan, ehtimol, ular buni sezishmagan ham boʻlardi”, - deya qoʻshimcha qildi Aleksandr Gintsburg.
Moskvada “Sputnik V” vaktsinasining oʻsmirlarga moslashtirilgan tadqiqoti olib borilmoqda. Ular shahardagi ikkita bolalar kasalxonada oʻtkazilmoqda. Unda 100 kishi qatnashyapti.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala