Jamiyat

Toshkent markazida IIV xodimlari rossiyalik bloger bilan uchrashuvni tarqatib yuborishdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMilitsiya
Militsiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.07.2021
Kuni kecha, 13 iyul kuni, kechki soat 22.30larda Toshkent shahriga Instagram va Youtube ijtimoiy tarmoqlarida "Subo" nomi bilan tanilgan bloger tashrif buyurgan
TOSHKENT, 14 iyul - Sputnik. Toshkent markazi - Amir Temur xiyobonida ichki ishlar organlari rossiyalik bloger va uning kuzatuvchilari uchrashuvini tarqatib yubordi.
Bu haqda IIBB axborot xizmati oʻz rasmiy sahifasida xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, 13 iyul kuni taxminan soat 22.30 larda Toshkent shahriga Instagram va Youtube ijtimoiy tarmoqlarida "Subo" nomi bilan tanilgan bloger – 22 yoshli Rossiya fuqarosi Mamedov Subxan Murad oʻgʻli tashrif buyurgan. Bundan oldinroq u oʻzining sahifasida tez orada Toshkentda boʻlishini va kuzatuvchilari bilan uchrashib, ularga pul tarqatishini maʼlum qilgan.
Toshkentning Amir Temur hiyobonida Mamedovni kutib olish uchun 150-200 ga yaqin fuqarolar yigʻilgan.
"Hozirgi kunda epidemiologik vaziyatni inobatga olib, yurtimizda karantin cheklovlari oʻrnatilganligi sababli, ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan fuqarolarga karantin qoidalariga rioya etishlari hamda ommaviy ravishda toʻplanmasliklari tushuntirilgan va fuqarolar tarqatilgan", - deyiladi IIBB xabarida.
IIO vakillari bloger bilan profilaktik suhbat oʻtkazishgan.
Mazkur voqeada qonun buzilishi holatlari va tartibsizliklar yuz bermagan.
Toshkent shahar IIBB fuqarolardan bunday mazmundagi chaqiriqlarga uchmasliklarini va karantin qoidalariga rioya etgan holda ommaviy ravishda toʻplanmasliklarini soʻrab qolgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala