Vazirliklar yangi dasturlar yaratish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab chiqishi kerak – prezident

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.07.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda birinchi yarim yillikda raqamli iqtisod hajmi yarim million dollardan oshgan, dasturlash xizmatlari eksporti esa 17,5 million dollarga yetgan. Prezident ushbu ko‘rsatgichlarni yana 2,5 baravar oshirish mumkinligini ta’kidladi.
TOShKENT, 14-iyul – Sputnik. Har bir vazirlik va davlat organi hududlarda yangi dasturlar yaratish bo‘yicha "yo‘l xaritasi" ishlab chiqishi kerak dedi Shavkat Mirziyoyev 13-iyul kuni bo‘lib o‘tgan majlisda.
– Oxirgi yillarda qilingan ishlar, albatta, o‘z natijasini berdi, xizmatlar qulay va odamlarga yaqin bo‘ldi. Lekin raqamli texnologiyalar kun sayin o‘zgarib, yangi-yangi imkoniyatlar ochilmoqda. Shuning uchun har bir vazirlik, davlat organi va hududlarda yangi dasturlarni joriy etish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab chiqish kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shuningdek, prezident, mobil ilova orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari sonini 100 taga yetkazish, xususan, kommunal soha, kadastr, soliq, bojxona, pensiya va mehnatga oid ma’lumotlarni olishda qulayliklarni oshirish zarurligini ta’kidladi.
Majlisda xabar qilinishiga ko‘ra, O‘zbekistonda 2021-yilning 1 yarmida raqamli iqtisod hajmi yarim million dollardan oshgan, dasturlash xizmatlari eksporti esa 17,5 million dollarga yetgan.
Shavkat Mirziyoyev ushbu ko‘rsatgichlarni 2,5 baravar oshirish mumkinligini, xususan, raqamli iqtisodiyot xizmatlarini 16 trillion so‘mga, kompyuter dasturlari eksportini 40 million dollarga yetkazish mumkinligi aytib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, 2020-yilda O‘zbekiston prezidenti farmoni bilan “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi tasdiqlangan edi. Unga muvofiq, 2020-2022 yillarda hududlar va tarmoqlarni raqamli transformatsiya qilish dasturlari amalga oshirilmoqda.
Xususan, tarmoqlar bo‘yicha 443 ta loyiha ishlab chiqilib, bugungi kungacha 194 tasi tatbiq etildi. Hududlarda dasturdagi 1 ming 643 ta loyihadan 1 ming 172 tasi joriy qilindi.
Shuningdek, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali 253 xil xizmatlar ko‘rsatilmoqda. Joriy yilda ularni yana 60 taga ko‘paytirish, 50 dan ortiq xizmatlarni soddalashtirish mo‘ljallangan.
Yangiliklar lentasi
0