Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

AQShning afgʻonlarni evakuatsiya qilish rejasi Zaxarovaga Jvanetskiyni eslatib yubordi

© Press-slujba MID RF / Fotobankka oʻtishBrifing ofitsialnogo predstavitelya MID Rossii M. Zaxarovoy
Brifing ofitsialnogo predstavitelya MID Rossii M. Zaxarovoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.07.2021
AQSH va NATO davlatlari 1 maydan Afgʻoniston hududidan qoʻshinlarni chiqara boshlagach, mamlakatda vaziyat oʻtkir tus oldi.
TOSHKENT, 15 iyul - Sputnik. RF TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova AQShning mamlakatda amerika kuchlariga yordam bergan Afgʻoniston fuqarolarini evakuatsiya qilish rejasiga satirachi Mixail Jvanetskiy soʻzlari bilan sharh berdi.
"Jvanetskiy yodga tushib ketdi: "Tartibga soldi. Hammasi shunday – hammayoqda tartib hukmron, kelib oʻtirmasang ham mayli". Afgʻonistonda amerikaliklar shunday demokratiyani rostlashdiki, xalqni olib chiqish kerak endi. Kelib oʻtirmasang ham mayli. Hammasi shunday", – deb yozgan diplomat Telegram kanalda.
Prezident Afganistana Ashraf Gani pribыl v Tashkent na konferentsiyu vыsokogo urovnya
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.07.2021
Siyosat
Ashraf Gʻani Toshkentga keldi
Ilgariroq Associated Press AQSH mamlakatda boʻlib turgan amerikalik harbiylar va ularning ittifoqdoshlariga koʻmak koʻrsatib kelgan Afgʻoniston fuqarolarini shu oy oxirida Islom respublikasidan chiqarib ketishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi.
OAVlar xabar berishicha, gap 18 ming kishi haqida bormoqda, ular orasida, misol uchun, tarjimonlar ham bor. Shuningdek, bu fuqarolarning 53 mingga yaqin oila aʼzolari ham Afgʻonistondan chiqib ketishga umid qilmoqda.
1 maydan AQSH va NATO davlatlari Afgʻoniston hududidan qoʻshinlarni chiqara boshlagach, mamlakatdagi vaziyat oʻtkir tus oldi.
Voorujennыe lyudi v Afganistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.07.2021
Analitika
Toliblar Turkiyaga "soʻnggi afgʻoncha ogohlantirish" eʼlon qildi: buyogʻi nima boʻladi?
2020 yil amerikaliklar va "Tolibon"* vakillari 18 yil deganda birinchi marta tinchlik bitimini imzoladilar. Ushbu kelishuv doirasida chet el qoʻshinlari Afgʻonistonni tark etishlari lozim. Oq uy kontingentni 11 sentyabrga qadar toʻliq chiqarib ketish vaʼdasini bergan.
Kuni kecha Rossiya TIV toliblar 400 uyezddan yarmida nazorat oʻrnatishgani haqida bayonot berdi. RF prezidentining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Zamir Kabulovning prognoziga koʻra, jangovar harakatlar yana ikki oy davom etishi mumkin.
Sputnik radiosi xabariga koʻra esa, afgʻon hukumati bir muddat oldin "Tolibon"* tomonidan egallangan barcha hududlar ustidan nazoratni qaytarib olgani haqida bayonot bergan.
* Rossiyada taʼqiqlangan xalqaro terroristik tashkilot.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala