Dunyoda

Dunyo kovid pandemiyasining 3-toʻlqin boshida – BSST

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishLecheniye bolnыx s COVID-19 v GKB №52
Lecheniye bolnыx s COVID-19 v GKB №52 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.07.2021
Koronavirusga qarshi kuchli emlash oʻz samarasini bermoqda - BSST rahbari.
TOSHKENT, 15 iyul — Sputnik. Koronavirusga qarshi kuchli emlash jarayoni oʻz samarasini bermoqda, ammo dunyo baribir pandemiya yangi toʻlqini yoqasida turibdi, dedi Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (BSST) bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus.

"Oʻtgan hafta dunyoda COVID-19ni yuqtirish darajasining oʻsishi ketma-ket toʻrtinchi hafta boʻldi, bu BSST bitta mintaqasidan tashqari boshqa joylarda kasallanish holatlari koʻpaymoqda. Oʻn haftalik pasayishdan keyin oʻlim darajasi ham oʻsib bormoqda", dedi u BSST Favqulodda Qoʻmitasining dunyoda COVID-19 bilan vaziyatni baholash boʻyicha yigʻilish ochilishida.

Uning soʻzlariga koʻra, SARS-CoV-2 yangi holatlari koʻpayishining asosiy sababi - delta shtamm boʻldi, u dastlabki variantdan ikki baravar yuqumliroq.
Gospital dlya lecheniya bolnыx COVID-19  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.07.2021
Jamiyat
Koronavirus va pnevmoniya: Oʻzbekistonda 785 kishi pandemiya qurboni boʻldi
BSST bosh direktori emlash darajasi yuqori boʻlgan mintaqalarda virusdan oʻlim holatlari kamayishi qayd etilganini taʼkidladi.
BSST favqulodda vaziyatlar qoʻmitasi har uch oyda bir yigʻilib, COVID-19 tarqalishi xavfi darajasini baholaydi. Qoʻmita qaroriga koʻra, bu kasallik hozirgi kunda xalqaro sogʻliqni saqlash uchun favqulodda vaziyatga aylandi.
Qoʻmita 15 iyuldagi yigʻilishdan soʻng, BSST uchun yangilangan koʻrsatmalar berishi kutilmoqda.
Vaktsinatsiya preparatom Sputnik V - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.07.2021
Rossiya
Rossiyada oʻsmirlarni koronavirusga qarshi emlash qachon boshlanishi mumkinligi aytildi
BSST SARS-CoV-2 ning toʻrtta shtammini "xavotirga soluvchi" roʻyxatiga kiritdi: alfa (britancha), beta (afrikancha), gamma (brazilcha) va delta (hindcha).
Mutaxassislarning fikriga koʻra, oxirgi shtamm mutatsiya qilishni davom ettirish bilan birga SARS-CoV-2ning uxancha shtammidan ikki baravar yuqumliroq. Yaqinda delta-plyus varianti paydo boʻlgani maʼlum boʻldi.
BSSTning maʼlumotlariga koʻra, dunyoda 187 million kishi COVID-19 infektsiyasiga chalingani aniqlangan (Jons Xopkins Universiteti statistikasiga 188 millionga yaqinlashmoqda). 4 milliondan ortiq odam nobud boʻldi.
Eng murakkab vaziyat - AQSH, Hindiston va Braziliyada. BSST maʼlumotlariga qaraganda Rossiya toʻrtinchi, Jons Xopkins universiteti maʼlumotlariga koʻra - beshinchi oʻrinda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala