Migratsiya

Faqat oʻzbekistonlik migrantlarning pul oʻtkazmalari koʻpaydi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Fotobankka oʻtishDenejnыe kupyurы i monetы
Denejnыe kupyurы i monetы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.07.2021
Rossiya Banki maʼlumotiga koʻra, MDH davlatlaridan kelgan migrantlarining pul joʻnatmalari miqdori kamaydi.
TOSHKENT, 15 iyul — Sputnik. MDH davlatlaridan kelgan migrantlarining oʻz vatanlariga pul joʻnatmalari miqdori kamaydi. Bu haqda RIA Novosti Rossiya Banki maʼlumotlariga asosan xabar qildi.
Moliya idorasining maʼlumotlariga koʻra, 2021 yil birinchi choragida oʻtkazmalar hajmi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 13,5 foizga kamaydi va 1,85 milliard dollarni tashkil etdi.
Vыdacha pervыx patentov v Yedinom migratsionnom tsentre Moskovskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.07.2021
Migratsiya
Patent: “Saxarovo” migratsiya markazi migrantlarga eslatma bilan chiqdi
Barcha davlatlar orasida faqat Oʻzbekistonga pul oʻtkazmalari miqdori oshdi. Yil davomida migrantlar respublikaga 12,4 foiz koʻproq yoki 680,4 million dollar joʻnatdilar.
Turkmaniston esa boshqa mamlakatlar bilan taqqoslaganda eng kuchli pasayishni koʻrsatdi: oʻtgan yil I-choragida respublikaga 0,8 million dollar joʻnatilgan boʻlsa, bu yilda esa atigi 0,1 million dollar yuborildi.
Moldovaga oʻtkazmalar 2 baravarga (44,8 mln dollar), Tojikistonga - 37,3 foizga (224,9 mln dollar), Ukrainaga - 32,6 foizga (153,1 mln dollar), Ozarbayjonga - 29 foizga (127,7 mln dollar), Qozogʻistonga - 28,2 foizga (20,6 mln dollar), Qirgʻizistonga - 10 foizga (378,8 mln dollar) kamaydi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala