Siyosat

Mirziyoyev Xitoy tashqi ishlar vaziri bilan Afgʻonistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev prinyal chlena Gosudarstvennogo soveta, ministra inostrannыx del Kitayskoy Narodnoy Respubliki Van I
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev prinyal chlena Gosudarstvennogo soveta, ministra inostrannыx del Kitayskoy Narodnoy Respubliki Van I - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.07.2021
Shavkat Mirziyoyev va Van In Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalarini koʻrib chiqdi.
TOSHKENT, 15 iyul — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev h mamlakatda rasmiy tashrif bilan boʻlib turgan Xitoy Davlat kengashi aʼzosi, tashqi ishlar vaziri Van Ini qabul qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuvda Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi doʻstlik va har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.
Vizit glavы MID RF S. Lavrova v Kitay - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.07.2021
Siyosat
Xitoy tashqi ishlar vaziri Oʻzbekistonga tashrif buyuradi
Xitoy vaziri Oʻzbekistonning Markaziy va Janubiy Osiyo bogʻliqligini rivojlantirish borasidagi tashabbusi yuksak baholadi va qoʻllab-quvvatladi. Toshkent shahrida oʻtkaziladigan konferentsiya muvaffaqiyatli boʻlishiga ishonch bildirildi.
Uchrashuvda oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, jumladan, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik, madaniy-gumanitar sohalar va koʻp qirrali hamkorlikning boshqa yoʻnalishlarida qoʻshma dastur va loyihalarni ilgari surish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Pandemiyaga qarshi kurashda yaqindan hamkorlikni davom ettirish muhim ekani taʼkidlandi.
Xalqaro kun tartibi, shu jumladan, Afgʻonistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala