Siyosat

Oʻzbekiston Afgʻonistonda barqaror tinchlikka erishilishiga faol koʻmaklashishga tayyor – Mirziyoyev

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 15 iyulya vstretilsya s Prezidentom Islamskoy Respubliki Afganistan Ashrafom Gani
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 15 iyulya vstretilsya s Prezidentom Islamskoy Respubliki Afganistan Ashrafom Gani - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.07.2021
TOSHKENT, 15 iyul — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bogʻliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferentsiyada ishtirok etish uchun Oʻzbekistonga kelgan afgʻonistonlik hamkasbi Ashraf Gʻani bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga koʻra, muzokaralarda mintaqaviy xavfsizlik va barqaror taraqqiyotni taʼminlash sohasidagi hamkorlikning istiqbollari koʻrib chiqildi.
“Ikki mamlakat yetakchilari afgʻon mojarosini harbiy yoʻl bilan hal qilishning imkoni yoʻqligini yana bir bor taʼkidlab, inklyuziv afgʻonlararo muzokaralar tez fursatda qayta tiklanishining tarafdori ekanliklarini qayd etdilar”, - deyilgan xabarda.
Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Afgʻonistonda barqaror tinchlikka erishilishiga faol koʻmaklashishga tayyorligini tasdiqladi.
Tomonlar ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik izchil rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar. Maʼlumotlarga koʻra, pandemiyaga qaramay, joriy yilning besh oyi yakunlari boʻyicha oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi 50 foizga ortdi. Oʻzbekistonda Afgʻoniston sarmoyasi ishtirokida 160 ta yangi korxona tashkil etildi.
Flag Afganistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.07.2021
Iqtisod
Afgʻoniston Oʻzbekistonning Janubiy Osiyodagi eng yirik iqtisodiy hamkori - CERR
Markaziy va Janubiy Osiyo oʻrtasidagi bogʻliqlikni mustahkamlash barobarida Afgʻonistonning tranzit salohiyatini kengaytirishga qaratilgan qoʻshma transport va energetika infratuzilmasi loyihalarini barobarida Afgʻonistonning tranzit salohiyatini kengaytirishga qaratilgan qoʻshma transport va energetika infratuzilmasi loyihalarini, xususan, “Termiz – Mozori-Sharif – Kobul - Peshovar” temir yoʻli va yangi “Surxon – Puli-Xumri” elektr uzatish liniyasini barpo etish loyihalarini yanada ilgari surish muhim ekani taʼkidlandi.
Prezidentlar ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish, erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish borasida qatʼiy ekanliklarini qayd etdilar.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala