Iqtisod

Oʻzbekistonda soʻnggi 2 yilda avtomobillarga talab 30 %ga oshdi - CERR

© UzAutoAvtomobili UzAuto Motors
Avtomobili UzAuto Motors - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.07.2021
Pandemiyaga qaramasdan 2020 yilda Oʻzbekistonda 2019 yilga nisbatan avtomobil savdosi oʻsishi kuzatildi.
TOSHKENT, 15 iyul – Sputnik. Oʻzbekistonda soʻnggi 2 yil ichida aholining yavtomobillarga boʻlgan talabi 29,6 %ga oshdi deb xabar qilmoqda Iqtisodiy tadqiqotlar markazi (CERR) tarqatgan maʼlumotda.
Hisobotda aytilishiga koʻra, 2021 yilning iyun oyida avtomobillarga boʻlgan talab 2020 yilning iyun oyiga nisbatan 12,9 %ga, 2019 yilning shu davriga nisbatan esa 29,6 %ga oshgan.
Eng yuqori oʻsish suratlari Namangan (22,6%), Navoiy (20,9%), Samarqand (18,8%), Fargʻona (16,2%) va Toshkent (16,4%) viloyatlarida qayd etilgan.
Xususan, 2021 yilning iyun oyida 18,9 mingta yangi avtomobil roʻyxatga olindi. Ulardan 1171 tasi (6,2%) chet elda ishlab chiqarilgan avtomobillardir. Chet elda ishlab chiqarilgan avtomobillar eng koʻp sotilgan hududlar Toshkent shahri (yangi avtomobillarning 11,8%), Toshkent (5,7%), Samarqand (3%) va Xorazm (2,4%) viloyatlari boʻldi.
Shuningdek, oʻtkazilgan tahlilllar avtokreditlar va avtomobillarga boʻlgan talab oʻrtasida sezilarli darajada bogʻliqlik borligini koʻrsatdi. Avtokreditlar hajmining 10%ga oshishi roʻyxatga olingan va qayta roʻyxatga olingan avtomobillar sonining 4% ga oshishiga olib kelganini koʻrsatdi.
Undan tashqari, yuqorda keltirilgan oʻsish suratlari hisobga olinganda, Oʻzbekiston avtomobil bozoriga koronavirus taʼsiri minimal boʻlganini qayd etish mumkin. Pandemiya yili 2020 yilning aprel oyida avtotransport vositalari savdosi 73,8% ga pasaygan boʻlsa, yilning ikkinchi yarmida bozorda oʻsish kuzatildi. Yakuniy natija – Oʻzbekistonda 2020 yilda sotilgan yangi avtomobillar soni 276 mingdan oshdi. 2019 yilda esa jami – 268 ming yangi avtomobil sotilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala