O‘zbekistonga “Sputnik V” vaksinasining yana 90 ming dozasi keltirildi

© RFPI23 aprelya v Uzbekistan bila dostavlena pervaya partiya vaksini "Sputnik V"
23 aprelya v Uzbekistan bila dostavlena pervaya partiya vaksini Sputnik V - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.07.2021
Obuna bo‘lish
“Sputnik V”ning navbatdagi 70 ming dozalik 1-komponenti, 20 ming dozalik 2-komponenti olib kelindi.
TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. O‘zbekistonga “Sputnik V” vaksinasining 90 ming dozalik komponentlari olib kelindi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
“Bugun tunda yurtimizga Rossiyadan “Sputnik V” vaksinasining 70 ming dozalik 1-komponenti, 20 ming dozalik 2-komponenti olib kelindi”, - deyilgan xabarda.
Aprel oyida ushbu vaksinaning 100 ming, 1-iyunda 70 ming, 10-iyunda 70 ming, 5-iyulda 40 ming dozasi olib kelingan edi.
Shunday qilib, mamlakatdagi “Sputnik V” vaksinasi zaxirasi 370 ming dozaga yetgan.
Yangiliklar lentasi
0