Siyosat

Pokiston bosh vaziri rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonga keldi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPremyer ministra Pakistana Imran Xan
Premyer ministra Pakistana Imran Xan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.07.2021
Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni mamlakat bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.
TOSHKENT, 15 iyul — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Pokiston bosh vaziri Imron Xon rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonga keldi.
OʻzA xabariga koʻra, Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni mamlakat bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.
Taʼkidlash joizki, bu Imron Xonning Oʻzbekisonga ilk rasmiy tashrifidir.
Pokiston bosh vazirining mazkur tashrifi koʻp qirrali Oʻzbekiston – Pokiston sherikligini yangi bosqichga olib chiqishda navbatdagi muhim qadam boʻlishi kutilmoqda.
Premyer-ministr Pakistana Imran Xan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.07.2021
Siyosat
Toshkent Pokiston bosh vazirining tashrifiga tayyorgarlik koʻrmoqda
Tashrifning asosiy tadbirlari Koʻksaroy qarorgohida boʻlib oʻtadi.
Pokiston yetakchisi, shuningdek, Oʻzbekiston – Pokiston biznes forumi va Toshkent shahrida oʻtadigan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bogʻliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferentsiyada ishtirok etishi, Samarqand va Buxoro shaharlarini ziyorat qilishi koʻzda tutilgan.
Eslatib oʻtamiz, joriy yil 14 aprel kuni prezident Shavkat Mirziyoyev va Pokiston bosh vaziri Imron Xonning videoanjuman shaklidagi uchrashuvi boʻlib oʻtgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala