Hodisalar

Rossiyalik bloger Subo va oʻnlab fuqarolar javobgarlikka tortildi

© TelegramRossiyskiy bloger Subo (Subxan Mamedov)
Rossiyskiy bloger Subo (Subxan Mamedov) - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.07.2021
26 nafar fuqaro (shu jumladan, Subxan Mamedov va uning kuzatuvchilari) karantin qoidalariga zid ravishda jamoat joyida tibbiy niqobsiz boʻlgani uchun jazolandi.
TOSHKENT, 15 iyul — Sputnik. Toshkentda Amir Temur xiyobonida yarim tunda 150-200 nafar muxlislarini toʻplagan “Subo” taxallusli rossiyalik bloger Mamedov Subxanga chora koʻrildi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan oʻtkazilgan dastlabki tekshiruv natijasiga koʻra, 26 nafar fuqaro (shu jumladan, S.Mamedov va uning kuzatuvchilari) karantin qoidalariga zid ravishda jamoat joyida tibbiy niqobsiz boʻlgani uchun MJtKning 54-moddasiga asosan BHMning besh baravarigacha (1 mln 225 ming) miqdorida jarima jazosi tayinlandi.
Militsiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.07.2021
Jamiyat
Toshkent markazida IIV xodimlari rossiyalik bloger bilan uchrashuvni tarqatib yuborishdi
Shuningdek, 83 nafar fuqaroga nisbatan hujjatlar rasmiylashtirish jarayonida 9 nafar voyaga yetmagan shaxsning ota-onasi bilan profilaktik suhbat oʻtkazilib, ogohlantirilgan.
Hozirda surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq ushbu rossiyalik blogerning Toshkentdagi muxlislari bilan uchrashuvi tarqatib yuborilgan edi. Chunki respublikadagi epidemiologik vaziyat tufayli barcha turdagi ommaviy bayram tadbirlari, jumladan, kontsert, festivallar vaqtincha toʻxtatilgan. 50 nafardan koʻp boʻlgan kishilar bir joyda, bir vaqtning oʻzida toʻplanmasligi tavsiya etilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala