Savdo, madaniyat va xavfsizlik: Markaziy va Janubiy Osiyo anjumanining kun tartibi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaKongress-xoll v Tashkent City
Kongress-xoll v Tashkent City - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.07.2021
Obuna bo‘lish
Toshkentda boshlanayotgan yuqori darajali xalqaro anjumanida davlat rahbarlari, bosh vazir va tashqi ishlar vazirlari, jami 600ga yaqin ishtirokchilar kelishi kutilmoqda.
TOShKENT, 15-iyul – Sputnik. Toshkentda 15-16 iyul kunlari “Markaziy va Janubiy Osiyo: Mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdid va imkoniyalar” mavzusidagi xalqaro anjumanning batafsil kun tartibi ma’lum bo‘ldi.
Unda aytilishiga ko‘ra, anjuman ishi bir vaqtning alohida guruhlarda quyidagi uchta asosoiy mavzularda muhokama qilinadi:
1. “Barqaror o‘sishga xizmat qiluvchi savdo va transport aloqasi”
mintaqalararo aloqani kuchaytirish asnosida Markaziy va Janubiy Osiyo iqtisodiyotini modernizatsiya qilish istiqbollari;
Markaziy va Janubiy Osiyoda transport-kommunikatsiya aloqalarini rivojlantirish imkoniyatlari, shu jumladan mavjud transport koridorlarini kengaytirish va yangi loyihalarni amalga oshirish;
xorijiy hamda xalqaro moliya va investitsiya institutlari bilan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari va boshqa masalalar;
2. “Madaniy gumanitar aloqalarni qayta tiklash orqali do‘stlik va o‘zaro ishonchni mustahkamlash”
Markaziy va Janubiy Osiyoning tarixiy va madaniy merosini o‘rganish, saqlash va targ‘ib qilish sohasidagi hamkorlik;
t’lim, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va yoshlar manfaatlarini himoya qilish, sog‘liqni saqlash, fan va texnika, ekologiya, turizm sohalaridagi o‘zaro faoliyat.
3. “Mintaqaviy xavfsizlik. Qarshiliklar va tahdidlar”
yangi xatar va tahdidlarga qarshi kurashda, shuningdek, transchegaraviy infratuzilmalar xavfsizligini ta’minlashda mintaqaviy hamkorlik istiqbollariga e’tibor qaratiladi.
Konferensiya moderatorlar va O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining xulosalari bilan yakunlanadi.
Shundan so‘ng O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining OAV uchun qisqa matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.
Anjuman dasturi:

Birinchi kun, 15-iyul

Kun davomida delegatsiyalar alohida jadval bo‘yicha Toshkentga keladi va “Xilton”, “Xayatt”, “Lotte” hamda “Siti Palas” mehmonxonalarida joylashtiriladi.
19:00 - 20:30 – Delegatsiya rahbarlari uchun norasmiy kechgi ovqat.

Ikkinchi kun, 16-iyul

Anjuman o‘tkazish manzili – “Toshkent siti” Kongress Xolli.
10:00 - 11:00 – Ochilish marosimi
11:00 - 11:30 – Kofe-breyk
11:10 - 11:20 – Suratga tushish marosimi
11:30 - 13:30 – “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik” - umumiy majlis
13:45 - 14:45 Tushgi ovqat (furshet)
15:00 - 16:30 Birinchi seksion yig‘ilish: “Barqaror o‘sishga xizmat qiluvchi savdo va transport aloqasi”
15:00 - 16:30 Ikkinchi seksion yig‘ilish: “Madaniy gumanitar aloqalarni qayta tiklash orqali do‘stlik va o‘zaro ishonchni mustahkamlash”
15:00 - 16:30 Uchinchi seksiya: “Mintaqaviy xavfsizlik. Qarshiliklar va tahdidlar”
16:45 - 17:30 Anjuman yakuniy xulosalari
17:45 - 18:00 O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining OAV uchun qisqa bayonoti
19:00 - 20:30 O‘zbekiston hukumati nomidan qabul
21.00 dan so‘ng Delegatsiyalar jadvalga asosan Toshkentdan jo‘nab ketadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil qilinayotgan “Markaziy va Janubiy Osiyo: Mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdid va imkoniyalar” xalqaro anjumanida O‘zbekiston, Afg‘oniston prezidentlari, Pokiston bosh vaziri, Markaziy Osiyo davlatlari, Xitoy, Rossiya tashqi ishlar vazirlari, AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili ishtirok etishi rejalashtirilgan. Anjuman ishtirokchilarining jami soni 600ga yaqin bo‘lishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0