Video

Lavrov MGIMO Toshkent filiali ilk bitiruvchilariga diplomlarni topshirdi

MGIMOning diplomatik xodimlarni tayyorlaydigan birinchi xorijiy filiali Toshkentda faoliyat yuritmoqda. RF TIV rahbari Sergey Lavrov Toshkentga tashrifi doirasida tinglovchilarga diplomlarni topshirish tantanali marosimida ishtirok etdi.
Rossiya tashqi ishlar vaziri oʻz nutqida Toshkentdagi MGIMO filiali magistraturasini birinchi bitiruvchilariga diplomlarni topshirish uning uchun katta sharaf ekanligini taʼkidladi.
"Bugun siz oʻz mehnatingiz, intizomingiz va maqsadga intiluvchanligingiz tufayli hujjat oldingiz. Ishonchim komilki, ushbu bilim dargohida olgan bilimlar professional karyerangizda as qotadi. Oradan atigi ikki yil oʻtdi va biz ilk magistrlarni chiqarmoqdamiz. Ishonchim komilki, bu Markaziy Osiyoda mgimo tarixining faqat boshlanishi”, - dedi Lavrov.
Rossiya vaziriga koʻra, filial eng yangi texnologiyalar bilan jihozlangan va professional oʻqituvchilar tarkibi va ilgʻor oʻqitish usullari talab qilinadigan diplomatik kadrlarni tayyorlashga imkon beradi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala