Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Imron Xon bilan qanday masalalarni muhokama qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev i Imran Xan rassmotreli voprosы razvitiya sotrudnichestva
Shavkat Mirziyoyev i Imran Xan rassmotreli voprosы razvitiya sotrudnichestva - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.07.2021
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Pokiston Islom Respublikasi bosh vaziri Imron Xon muzokaralarni ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida davom ettirdilar.
TOSHKENT, 15 iyul — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Pokiston Islom Respublikasi bosh vaziri Imron Xon muzokaralarni ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida davom ettirdilar. Unda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport va tranzit sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari koʻrib chiqildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev i Imran Xan rassmotreli voprosы razvitiya sotrudnichestva
Shavkat Mirziyoyev i Imran Xan rassmotreli voprosы razvitiya sotrudnichestva - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.07.2021
Shavkat Mirziyoyev i Imran Xan rassmotreli voprosы razvitiya sotrudnichestva
Davlat rahbari Oʻzbekiston bilan Pokiston oʻrtasidagi anʼanaviy doʻstlik va koʻp qirrali amaliy hamkorlik mustahkamlanib borayotgani, har ikkala mamlakatning taraqqiyot erishish yoʻlidagi islohotlari ham bir-biriga hamohang va oʻxshash ekanini taʼkidladi.
“Dunyoda yuksak nufuzga ega Pokiston Oʻzbekiston uchun salohiyatli va istiqbolli hamkordir. Siz bilan biz “Naya Pakiston” va Yangi Oʻzbekistonni qurayapmiz. Ijtimoiy yoʻnaltirilgan islohotlarimizning mazmuni va ruhi bir-biriga oʻxshash va uygʻundir. Sizning ushbu tashrifingiz koʻpqirrali munosabatlarimiz tarixida yangi davrni boshlab beradi,” – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Tomonlar mamlakatlar oʻrtasidagi sheriklikni kengaytirish va rivojlantirishda intilishlari qatʼiy ekani va bu borada aniq choralarni koʻrishga tayyorligini qayd etdilar.
Keyingi davrda oʻtgan uchrashuvlar hamda onlayn-sammitdan soʻng oʻzaro munosabatlarda katta siljishga erishildi. Koʻp qirrali muloqotlar va madaniy almashinuvlar faollashdi.
Kecha Hukumatlararo koʻshma komissiya yigʻilishi oʻtkazildi. Bugun esa poytaxtda birinchi marta Oʻzbekiston va Pokiston ishbilarmonlari biznes-forumi oʻtkazilyapti.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev i Imran Xan rassmotreli voprosы razvitiya sotrudnichestva
Shavkat Mirziyoyev i Imran Xan rassmotreli voprosы razvitiya sotrudnichestva - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.07.2021
Shavkat Mirziyoyev i Imran Xan rassmotreli voprosы razvitiya sotrudnichestva
Soʻnggi yillarda mamlakatlar oʻrtasida savdo hajmi toʻrt barobar oʻsdi. Qoʻshma korxonalar soni deyarli yuzdan ortiqqa koʻpaydi. Bugungi kunda Oʻzbekistonda pokistonlik investorlar tomonidan tashkil etilgan 163 ta korxona faoliyat koʻrsatmoqda.
Pokiston Janubiy Osiyo va jahonning yirik bozorlariga chiqishda Oʻzbekiston uchun muhim koʻprik vazifasini oʻtaydi. “Termiz - Mozori Sharif – Kobul – Peshovar” temir yoʻlining qurilishi nafaqat savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirish, balki mintaqa davlatlari oʻrtasida oʻzaro hamjihatlikni kuchaytirishga xizmat qiladi.
Premyer ministra Pakistana Imran Xan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.07.2021
Siyosat
Pokiston bosh vaziri rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonga keldi
Shavkat Mirziyoyev mamlakatlar savdo-iqtisodiy sohada hali ishga solinmagan katta salohiyatga ega ekani, oʻzaro savdo hajmini 4-5 barobar koʻpaytirish uchun sharoit borligini taʼkidladi.
Qishloq xoʻjaligi, mashinasozlik va qurilish, farmatsevtika va kimyo, yengil sanoat va boshqa ustuvor sohalarda kooperatsiyalarni tashkil etish masalalariga eʼtibor qaratildi. Ushbu sohalardagi loyihalar yaqin hamkorlikda amalga oshirilsa, Oʻzbekiston va Pokiston iqtisodiyoti uchun yangi imkoniyatlar ochiladi.
Muzokarada bunday loyihalarni har tomonlama ragʻbatlantirish va tez fursatlarda amalga oshirish uchun barcha zarur yordam va imtiyozlarni berishga kelishib olindi.
Dunyoda
Pokiston AQShga harbiy bazalarni taqdim etishdan bosh tortdi
16 iyundan Toshkent va Lahor oʻrtasida aviaqatnov tiklandi. Yangi havo yoʻnalishlarini yoʻlga qoʻyish yuk tashishlarning kengayishi va oʻzaro turizmning rivojlanishiga ham xizmat qiladi.
Oʻzbekiston va Pokiston Afgʻonistondagi salbiy vaziyatning avj olishiga yoʻl qoʻymaslik uchun birgalikdagi saʼy-harakatlarni ishga solishga, afgʻonlararo tinchlik muzokaralarini qayta tiklashda koʻmaklashishga tayyorligi qayd etildi.
Xavfsizlik sohasida qoʻshma guruh tuzish, uning ilk majlisini Toshkentda oʻtkazish taklifi bildirildi.
Shavkat Mirziyoyev privetstvuyet  Imrana Xana na sammite v rejime videosvyazi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.04.2021
Siyosat
Oʻzbekiston va Pokiston transport-logistika sohasida hamkorlikni chuqurlashtiradi
Uchrashuvda madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish, mushtarak maʼnaviy merosni birgalikda oʻrganish, ilm-fan, taʼlim, madaniyat va sport sohalaridagi hamkorlikni kuchaytirish masalalariga ham toʻxtalib oʻtildi.
Oʻzbekistonda Pokiston tarixi, madaniyati va sanʼatiga, xususan, urdu tilini oʻrganishga qiziqish tobora ortib bormoqda. Oʻz navbatida, Pokistonda ham oʻzbek tili va adabiyoti, mamlakat tarixini oʻrganish va tadqiq etishga qaratilgan loyihalarga katta eʼtibor qaratilmoqda.
Jumladan, Panjob universiteti qoshida “Bobur merosi markazi”, Peshovar universitetida oʻzbek tili va madaniyatini oʻrganish boʻyicha “Alisher Navoiy markazi” ochilgan.
Andrey Koshkin - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.04.2019
Analitika
Koshkin: Oʻzbekiston, Turkiya va Pokiston mashgʻulotlari – afgʻon tahdidiga javob
Oʻz navbatida, Oʻzbekistonda ham Pokistonning boy tarixi va madaniyatiga qiziqish tobora oʻsib bormoqda. Jumladan, Sharqning buyuk shoiri, urdu adabiy tiliga asos solgan ulugʻ mutafakkir Mirzo Gʻolibning hayoti va ijodi chuqur oʻrganilmoqda.
Respublikada Lahordagi betakror Shoh qalʼa meʼmoriy majmuasini, goʻzal Shalimar bogʻlarini ziyorat qilishni istaydigan odamlar koʻplab topiladi.
Bugungi kunda Pokistonda 10 millionga yaqin naqshbandiya tariqati vakillari, shuningdek, Zahiriddin Muhammad Boburning koʻplab muxlislari bor. Ularning Buxoroi sharif, Samarqand va Andijondagi tabarruk qadamjolarga ziyorat safarini amalga oshirishlari uchun barcha sharoitlarni yaratib berishga tayyorlik bildirildi.
Pakistanskaya delegatsiya vo glave general-mayora Sarfraz Ali posetila Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.10.2018
Pokiston generali Sarfraz Ali Oʻzbekistonga tashrif buyurdi
Ikki mamlakat kinoijodkorlari hamkorligida Bobur haqida film suratga olishga kelishildi. Soʻnggi uch yilda pokistonlik yoshlarning Oʻzbekiston tibbiyot oliy oʻquv yurtlarida tahsil olishga boʻlgan qiziqishi ham ortib bormoqda. Ayni paytda mamlakatda 750 dan ortiq pokistonlik yoshlar mazkur yoʻnalishda taʼlim olmoqda.
Uchrashuvda mamlakatlar oʻrtasidagi bunday munosabatlar xalqlarning bir-biriga boʻlgan samimiy intilishi, oʻzaro hurmat va eʼtibori ifodasi ekani alohida qayd etildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala