Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Tojikistonda afgʻonistonlik qochoqlardan 3,5 kg giyohvand moddasi musodara qilindi

© Sputnik / Stringer / Fotobankka oʻtishUnichtojeniye narkoticheskix sredstv
Unichtojeniye narkoticheskix sredstv - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.07.2021
13-14 iyul kunlari kelib chiqishi qirgʻiz boʻlgan Afgʻoniston fuqarolaridan iborat 347 Tojikiston chegarasini kesib oʻtgan.
TOSHKENT, 15 iyul — Sputnik. Tojikistonda chegarachilar afgʻonistonlik qochoqlardan 3,5 kg giyohvand moddasini musodara qildi. Bu haqda Tojikiston davlat milliy xavfsizlik qoʻmitasi chegara qoʻshinlari matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Lyudi vo vremennom lagere dlya postradavshix v rezultate boyevыx deystviy, na odnoy iz ulits Kabula - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.07.2021
Analitika
Qoʻlni kesish, qamchi bilan savalash – oddiy afgʻonlar Tolibon* davrini qanday eslaydi
Maʼlum qilinishicha, 13-14 iyul kunlari kelib chiqishi qirgʻiz boʻlgan Afgʻoniston fuqarolaridan iborat 347 kishi (ular orasida 91 erkak, 77 ayol, 177 nafar voyaga yetmaganlar (64 oʻgʻil bola, 113 qiz bola) bor) Tojikistonning Murgʻob tumani Qizil Rabot qishlogʻidagi chegarani kesib oʻtgan.
Ularning hammasi Afgʻonistonning Badaxshon viloyati Vaxon tumanidagi Andemin qishlogʻi aholisi. Chegarani kesib oʻtishda ikki yosh goʻdak vafot etgan.
“Tojik chegarachilari insonparvarlik va yaxshi qoʻshnichilik tamoyiliga amal qilib, afgʻon qochoqlarining Tojikiston Respublikasi hududiga oʻtishiga ruxsat bergan. Tergov va surushtiruv tadbirlarini oʻtkazish chogʻida Afgʻoniston fuqarolaridan 3,5 kilogrammdan ziyod giyohvand moddalari aniqlanib, musodara qilindi”, - deyilgan xabarda.
Hozir yangi qochoqlarga Qizil Rabot qishlogʻidan vaqtinchalik boshpana berilgan. Chegara yaqinidagi vaziyat tojik harbiylarining nazorati ostidaligi aytilmoqda.
Vo chto “Taliban”* prevratil Afganistan i kak teper jivut mirnыe jiteli - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.07.2021
Video
“Yegulik va suv hammaga yetmayapti”: toliblardan jabr koʻrgan afgʻonlar hayoti va arz-dodi
RIA Novostining yozishicha, “Tolibon”* jangarilarining hujumi vaqtida Tojikistonga oʻtgan barcha afgʻon qochoqlari vataniga qaytgan, kuni kecha Tojikistonning Murgʻob tumanida qochgan afgʻonistonlik etnik qirgʻizlardan tashqari.
Qochoqlarni Afgʻoniston hukumati oʻzining va tojik vertolyotlari bilan olib ketgan.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala