Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

“Tolibon”* 3 oylik sulh uchun shartlarni maʼlum qildi

© AP Photo / Mirwais KhanVoorujennыe lyudi v Afganistane
Voorujennыe lyudi v Afganistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.07.2021
“Tolibon” (Rossiyada terrorchilik harakat sifatida taqiqlangan) vakili 3 oylik sulh uchun shartlarni maʼlum qildi.
TOSHKENT, 15 iyul — Sputnik. “Tolibon” (Rossiyada terrorchilik harakat sifatida taqiqlangan) vakili 3 oylik sulh uchun shartlarni maʼlum qildi. Bu haqda mahalliy 1TV News telekanali Afgʻoniston hukumati muzokarachisi Nader Naderiga asoslanib xabar qildi.
Agar yetti ming mahbus ozod qilinib, “Tolibon”* BMTning qora roʻyxatidan chiqarilsa, sulh tuziladi.
Avvalroq Rossiya prezidentining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili, TIV Osiyodagi ikkinchi departamenti direktori Zamir Kabulov RIA Novosti bilan suhbatda “Tolibon”ni BMT Xavfsizlik Kengashining sanktsiyalaridan chiqarish tartibi afgʻonlararo muloqot boshlangandan soʻng ishga tushirilishi mumkinligi haqida aytdi.
Voorujennыe lyudi v Afganistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.07.2021
Analitika
Toliblar Turkiyaga "soʻnggi afgʻoncha ogohlantirish" eʼlon qildi: buyogʻi nima boʻladi?
Shuningdek, u BMT 2001 yilda rezolyutsiya qabul qilganini esladi: harakat terroristik tashkilot deb tan olindi va yuqori va oʻrta darajadagi 110 nafardan ortiq vakillariga cheklovlar qoʻllanildi.
Afgʻonistonda qishloq joylarda muhim hududlarni egallab olgan va yirik shaharlarga qarshi hujumni boshlagan hukumat kuchlari va Tolibon* jangarilari oʻrtasida qarama-qarshilik ketmoqda.
Afgʻonistonda beqarorlik AQSH administratsiyasi tomonidan Afgʻonistondan 11 sentabrgacha qoʻshinlarni olib chiqib ketishni yakunlash haqidagi vaʼdalari fonida kuchaymoqda.
2020 yilda Vashington va “Tolibon”* Doxada 18 yildan ortiq urush davomida birinchi tinchlik bitimini imzoladilar. U 14 oy ichida Afgʻonistondan xorijiy qoʻshinlarni olib chiqib ketishni va mahbuslar almashinuvidan soʻng afgʻonlararo muloqotni boshlashni nazarda tutadi.
* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik harakati.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala