Toshkentda S5+1 formatida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

© MID UzbekistanaVstrecha v formate S5+1 v Tashkente 15-iyulya 2021 goda
Vstrecha v formate S5+1 v Tashkente 15-iyulya 2021 goda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.07.2021
Obuna bo‘lish
Toshkentda yuqori darajali "Markaziy va Janubiy Osiyo: Mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdid va imkoniyatlar" anjumani oldidan AQSh va Markaziy Osiyo respublikalari vakillari ishtirokida S5+1 ko‘rinishida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 15-iyul - Sputnik. Bugun Toshkentda AQSh va Markaziy Osiyo davlatlari ishtirokida S5+1 formatidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Uchrashuvda S5+1 formatida hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi, xalqaro siyosat va hududiy xavfsizlik masalalari bo‘yicha fikr almashildi.
Voyennoslujashie NATO osushestvlyayut posadku v vertolet - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.07.2021
AQSh o‘z qo‘shinlarining 95 foizini Afg‘onistondan chiqardi
S5+1 ko‘rinishida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov, Tojikiston TIV rahbari Sirodjiddin Muxriddin, Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Muxtar Tleuberdi, Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Nuran Niyazaliyev, Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov hamda AQSh prezidentning ichki xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Elizabet Shervud-Rendall ishtirok etishdi.

"S5+2" yoki Kamilovdan hazil

Eslatib o‘tamiz, bugun va ertaga Toshkentda yana bir muhim xalqaro tadbir - "Markaziy va Janubiy Osiyo: Mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdid va imkoniyatlar" mavzusidagi yuqori darajali uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Ushbu uchrashuvda ishtirok etish uchun AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzad ham O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
S5+1 formatidagi uchrashuv yakunida suratga tushish vaqtida Abdulaziz Kamilov Zalmay Xalilzadni ham "keling biz bilan suratga tushing" deb taklif qildi. AQSh vakili o‘z bayrog‘i oldida hozir bo‘lganidan so‘ng Kamilov "endi bu uchrashuv S5+2 bo‘ldi" deb hazil qildi. Gurros kulgu ko‘tarildi.
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Vstrecha v formate S5+1 v Tashkente 15-iyulya 2021 goda - Sputnik O‘zbekiston
1/5
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Vstrecha v formate S5+1 v Tashkente 15-iyulya 2021 goda - Sputnik O‘zbekiston
2/5
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Vstrecha v formate S5+1 v Tashkente 15-iyulya 2021 goda - Sputnik O‘zbekiston
3/5
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Vstrecha v formate S5+1 v Tashkente 15-iyulya 2021 goda - Sputnik O‘zbekiston
4/5
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Vstrecha v formate S5+1 v Tashkente 15-iyulya 2021 goda - Sputnik O‘zbekiston
5/5
1/5
2/5
3/5
4/5
5/5
Yangiliklar lentasi
0