Jamiyat

Zaxarova ajoyib oʻzbek matolaridan parda tiktirmoqchi

© Press-slujba MID RF / Fotobankka oʻtishOfitsialnыy predstavitel Ministerstva inostrannыx del Rossii Mariya Zaxarova
Ofitsialnыy predstavitel Ministerstva inostrannыx del Rossii Mariya Zaxarova - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.07.2021
Mariya Zaxarova oʻzbek matolaridan pardalar tikishni rejalashtirayotganini maʼlum qildi.
TOSHKENT, 15 iyul — Sputnik. RF TIVning rasmiy vakili Mariya Zaxarova oʻzbek matolaridan pardalar tiktirishni rejalashtirayotganini maʼlum qildi.
"Oʻzbekiston va uning mashhur matolari. Ota-onamning dachasidagi “Oʻrta Osiyo" xonasi uchun pardalar tiktirmoqchiman.
Diplomat oʻz postida oilasi va urf-odatlari haqida bir oz yozdi.

“Ota-onam turli davlatlardan soʻzana va boshqa kashtachilik buyumlarini olib kelishgan. Pardalar ham bor edi. Ammo pardalar quyosh va vaqtdan sitilib ketdi.

Ofitsialnыy predstavitel Ministerstva inostrannыx del Rossii Mariya Zaxarova - Sputnik Oʻzbekiston
Mariya Zaxarova
RF TIVning rasmiy vakili
Rossiya TIV rasmiy vakili taʼtilda bu rejasini amalga oshirishini maʼlum qildi.
Ofitsialnыy predstavitel MID RF Mariya Zaxarova vo vremya vizita v Tashkent - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.11.2018
Analitika
“Bu mening katta orzuim”: Mariya Zaxarovaning Oʻzbekiston haqidagi taassurotlari. Eksklyuziv
2018 yilda diplomat Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga bergan intervyusida oʻzbek matolaridan gʻoyat zavqlanishini aytgandi.

“Oʻzbekistondan ota-onam tez-tez soʻzana, milliy taqinchoqlar, koʻylaklar olib kelishardi. Qaysidir payt bu shunchalik koʻpayib kettiki, biz dachada bir xonani toʻliq Oʻrta Osiyo uslubidagi tashkil qildik. Menga hamisha bunaqangi buyumlar faqat serquyosh mamlakatda paydo boʻlishi mumkin deb tuyulardi – shu qadar ranglari yorqinki”, - deya eʼtirof qilgandi Zaxarova.

Zaxarova oʻsha safaridan uyi uchun sharqona uslubda yangi parda tikishi uchun oʻzbek matosini olib ketmoqchi edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala