Afg‘oniston Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasida ko‘prikka aylanadi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovCpespredstavitel prezidenta Uzbekistana po Afganistanu Ismatulla Irgashev.
Cpespredstavitel prezidenta Uzbekistana po Afganistanu Ismatulla Irgashev. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.07.2021
Obuna bo‘lish
“Termez - Mozori Sharif - Qobul – Peshavar” temir yo‘li ishga tushganidan so‘ng yuklar Markaziy Osiyodan Pokiston portlarigacha 2 kunda yetib boradi.
TOShKENT, 16-iyul – Sputnik. Afg‘oniston Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasida quruqlik ko‘prigiga aylanadi. Bu haqida, Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan “Markaziy va Janubiy Osiyo 2021”xalqaro anjumani doirasida O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev ma’lum qildi. Sputnik muxbiri xabariga asosan.
Jurnalistlar Prezidentning maxsus vakiliga quyidagi savollar bilan murojaat qilishdi.
Anjuman doirasida Afg‘onistonga nima taklif qilinmoqda?
Bugungi kunda xalqaro maydonda sodir bo‘layotgan voqealar nuqtayi nazaridan ushbu anjuman juda kerakli va o‘z vaqtida tashkil qilingan bo‘ldi. Anjumanda Afg‘oniston muammolarini faqat tinchlik yo‘li bilan hal qilish taklif qilinmoqda.
Ya’ni, millionlab qochoqlarni, 40-yildan beri urush olib borayotgan jangarilarni tinch hayotga qaytarish. Buning uchun Afg‘oniston tinch iqtisodiy rivojlanishi uchun imkon yaratish kerak, ish o‘rinlari tashkil qilish kerak.
“Termez - Mozori Sharif - Qobul – Peshavar” yangi temir yo‘linnng ahamiyati qanday?
Ushbu temir yo‘l ishga tushganidan so‘ng Markaziy Osiyodan Pokiston dengiz portlariga mahsulotlar 2 kun ichida yetib boradi. Ushbe transport arteriyasi orqali yuklar oqimi 10 baravarga ortadi. Bundan birinchi navbatda Afg‘oniston yutib chiqadi. U yerda qancha infratuzilma obyektlari, ish o‘rinlari yaratiladi.
Ushbu temir yo‘l nafaqat Afg‘onistonning balkim butun Markaziy Osiyo iqtisodiy imkoniyatlarini amalga oshirish uchun katta yo‘l ochib beradi.
Anjumanning birinchi qismidan nimalar ma’lum bo‘ldi?
Anjumanning birinchi qismida so‘zga chiqqan uch davlat rahbarlarining barchasi hududni rivojlantirishni maqsad qilganliklarnini bildirishdi. Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlarini ushbu mintaqaviy rivojlanish konsepsiyasiga qo‘shilishining muhimligini ta’kidlashdi. Qadimdagn mavjud bo‘lgan savdo yo‘llarini qayta tiklash zarurligi ta’kidladi. Ushbu hududda 2 mlrdga yaqin kishi yashaydi, har bir davlatning ulkan iqtisodiy potensiali bor. Afg‘onistonda esa foydalanilmayotgan ulkan iqtisodiy potensial mavjud.
Tolibon* turli kuchlardan iborat deyishadi, siz ularning qaysi qanoti bilan ishlaysiz?
Tolibonning Doxada joylashgan rahbariyati ular yagona kuch ekanini va ular tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar Tolibon*ning barcha bo‘limlari uchun majburiy ekanini ta’kidlashmoqda.
Biz Afg‘oniston ichidagi barcha siyosiy kuchlar bilan bir xil darajada, teng aloqa qilishga harakat qilamiz. Bizning barcha tomonga neytral munosabatda bo‘lishimiz, afg‘on ichki muxolifatining barcha vakillari bilan neytral munosabatlarni saqlab qolish tomon qilayotgan harakatlarimiz – Afg‘oniston hamjamiyati tomonidan hurmat qilinadi va biz buni yuqori qadrlaymiz.
Bizning barcha sa’y-harakatlarimiz ushbu teng munosabatlarni saqlab qolish va Afg‘oniston ichki ishlariga aralashmagan holda, inklyuziv (barcha tomon manfaatlarini hisobga oladigan) tinchlik o‘rnatishga harakat qilmoqdamiz.
Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish maydoni sifatida nega aynan Toshkent tanlandi?
Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish maydoni sifatida aynan Toshkentning tanlanishi – bu bizning tashabbus bo‘lmagan. Buni Afg‘onlarning o‘zi taklif qilgan.
Afg‘onistonda tinchlik jarayonlarning eng boshida, Toshkent muzokara maydoni sifatida taklif qilingan edi. Bunga sabablar juda ko‘p. Birinchidan biz azaliy qo‘shni, urf odatlari va turmush tarzi bir-briga o‘xshash mamlakatlarmiz.
Ikkinchidan, O‘zbekiston hech qachon o‘z qo‘shnisi Afg‘onistonning ishalariga aralashishga harakat qilmagan. Bu afg‘onlar muammosi va u afg‘onlar boshqaruvida ostida hal qilinishi kerak.
Muhokama maydoni qayerda bo‘lishi – bu aslida ikkinchi masala. Biz uchun asosiysi Afg‘onistonda muvaffaqiyatli tinchlik jarayoniga erishishdir.
O‘zbekiston harbiy aerodromlaridan foydalanish maqsadida AQSh bilan muzokaralar olib borilmoqdami?
O‘zbekiston harbiy infratuzilmasidan Afg‘onistonga qarshi foydalanish mumkin emas, chunki bu bizning harbiy doktrinamiz va qonunlarimizga zid. O‘zbekiston hududida hech qanday xorijiy davlat harbiylari joylashtirilishi mumkin emas.
Ikkinchidan, biz Afg‘oniston bilan azaliy qo‘shni davlatmiz, shu sababli ham o‘z hududimizdan qo‘shni davlatga zarba berish uchun foydalanishga ruxsat bera olmaymiz.
Janob Borrel, Tolibon* Afg‘onistonda Islom Amirligini qursa – bu barcha uchun falokatga olib keladi, degan edi. Siz benga qanday qaraysiz?
Biz o‘zimizning Tolibon bilan bo‘lgan muzokaralarimiz davomida ularga Islom Amrligini qayta tiklash – bu noto‘g‘ri ish bo‘ladi, deb ko‘p marotaba aytganmiz. Agar ular jahon hamjamiyati bilan normal muloqot qilmoqchi bo‘lsangiz, Afg‘onistonda so‘nggi 20-yil ichida yaratilgan barcha davlat tuzilmalarini saqlab qolish, inson huquqlari, ayollar huquqlarini ta’minlash kerak, deb aytganmiz.
Ular ham o‘z navbatida oldingi xatolarini takrorlash niyatlari yo‘qligini aytishmoqda. Esingizda bo‘lsa 1996-yil ular ilk bor hukumatga kelganda, 3-4ta davlatdan boshqa hech kim ularni tan olishni istamagan edi.
Agar Tolibon* bo‘lajak hukumatning bir qismi sifatida hukumat boshiga kelsa va Afg‘oniston ichidagi barcha vakillarning manfaatlarini hisobga olgan holda tinchlik o‘rnatish mumkin. Aks holda bu yana fuqaro urushining davomi bo‘ladi.
Esingizda bo‘lsa 20-yil oldin Bonn anjumaniga Afg‘onistondagi barcha kuchlar taklif qilingan edi, Tolibondan boshqa. Natijada – 20-yildan beri urush davom etmoqda. Shu sababli ham Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatishda inklyuzivlik – juda muhim.
Tolibon vakillari ushbu anjumanda ishtirok etmoqdami?
- Yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, bugun Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan yuqori darajali xalqaro Anjumanda dunyoning 44 mamlakatidan ikkita oliy va yuqori darajali delegatsiya, 15ta parlament delegatsiyalari, 37ta TIV delegatsiyalari va 10ta vazirlik va turli yo‘nalishdagi muassasa delegatsiyalari, 180dan ortiq ishbilarmon doira vakillari tashrif buyurgan. Tadbir arafasida mehmonlar umumiy soni 600nafarga yaqin bo‘lishi e’lon qilingan edi.
* Tolibon - Rossiyada ta’qiqlangan terrorchi tashkilot
Yangiliklar lentasi
0