Afg‘onistonning barcha qo‘shnilari u yerda tinchlik bo‘lishini istaydi - Imran Xan

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaImran Xan
Imran Xan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.07.2021
Obuna bo‘lish
Hozir Tolibon o‘zini g‘olib deb his qilmoqda, shuning uchun ham ular murosaga kelishni va hech kimga quloq solishni istamaydi - Imran Xan.
TOShKENT, 16-iyul – Sputnik. Afg‘onistoning barcha qo‘shnilari u yerda tinchlik bo‘lishini isatydi, dedi Pokiston bosh vaziri Imran Xan, Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdid va imkoniyatlar” xalqaro anjumaninida. Sputnik muxbiri xabariga asosan.

"Prezident G‘ani Pokistonni salbiy nuqtayi nazardan aytib o‘tgan bo‘lsa ham, Afg‘onistonga eng ko‘p ta’sir qilayotgan mamlakat bu – Pokiston. Hozir Afg‘onistonda 70 ming kishi yaralangan.

Biz har doim vaziyatni tinchlik yo‘li bilan hal qilish tarafdori bo‘lganmiz. Shunga harakat qilganmiz. Siz Pokistonga tinchlikka yordam beruvchi hamkor sifatida qarashingiz kerak.
AQSh – muammoni harbiy yo‘l bilan hal qilish yo‘lini axtarishgan va Afg‘onistonda kuchli harbiy mashina yaratishgan edi.
Ashraf Gani - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.07.2021
Ashraf G‘ani ayrim qo‘shni davlatlardan Afg‘oniston ishlariga aralashmaslikni so‘radi
Nega hozir Tolibon o‘zaro murosaga kelishni istamayapti? Ular hozir o‘zlarini g‘olib deb his qilishmoqda, shuning uchun ham hech kimga quloq solishni istamaydi.
Afg‘onistonning barcha qo‘shnilari u yerda tinchlik bo‘lishini istaydi. Bizda millionlab qochqinlarni qabul qilish uchun imkon yo‘q”, - deb so‘zini yakunladi Imran Xan.
Eslatib o‘tamiz, bugun Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan yuqori darajali xalqaro Anjumanda dunyoning 44 mamlakatidan ikkita oliy va yuqori darajali delegatsiya, 15ta parlament delegatsiyalari, 37ta TIV delegatsiyalari va 10ta vazirlik va turli yo‘nalishdagi muassasa delegatsiyalari, 180dan ortiq ishbilarmon doira vakillari tashrif buyurgan. Tadbir arafasida mehmonlar umumiy soni 600nafarga yaqin bo‘lishi e’lon qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0