Siyosat

“AQSH-Oʻzbekiston-Afgʻoniston-Pokiston” - yangi maslahatlashuvlar platformasi

© Press-slujba MID UzbekistanaUzbekistan, SSHA, Pakistan i Afganistan sozdali novuyu ploщadku konsultatsiy
Uzbekistan, SSHA, Pakistan i Afganistan sozdali novuyu ploщadku konsultatsiy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.07.2021
Toshkentda AQSH, Oʻzbekiston, Afgʻoniston va Pokiston vakillari yangi toʻrt tomonlama maslahatlar platformasini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qildilar.
TOSHKENT, 16 iyul — Sputnik. Toshkentda AQSH, Oʻzbekiston, Afgʻoniston va Pokiston vakillari yangi toʻrt tomonlama maslahatlar platformasini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qildilar.
“Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bogʻliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferentsiya oʻtkazilishining dolzarbligini qayd etgan holda tomonlar mintaqaviy bogʻliqlikni Afgʻoniston va mintaqada uzoq muddatli tinchlik va barqarorlikni oʻrnatish uchun muhim deb hisoblaydi hamda tinchlik va mintaqaviy bogʻliqlikning oʻzaro mustahkamlovchi omil hisoblanishini taʼkidladilar.
Flagi stran YEAES. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.07.2021
Siyosat
Rossiya Oʻzbekistonning YEOIIga kuzatuvchi sifatida aʼzo boʻlganidan mamnun - Lavrov
Mazkur bayonotning toʻliq matni:
2021-yil 15-iyulda Afgʻoniston tinchlik jarayoni va mojarodan keyingi davrda tartibga solishni qoʻllab-quvvatlash uchun AQSH-Oʻzbekiston-Afgʻoniston-Pokiston toʻrt tomonlama shaklining eʼlon qilinishi
“AQSH, Oʻzbekiston, Afgʻoniston va Pokiston vakillari qisqacha aytganda mintaqaviy bogʻliqlikni kengaytirishga qaratilgan yangi toʻrt tomonlama diplomatik platformanini tashkil etish toʻgʻrisida kelishib oldilar.
Tomonlar Afgʻonistondagi uzoq muddatli tinchlik va barqarorlik mintaqaviy bogʻliqlik uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega deb hisoblaydi hamda tinchlik va mintaqaviy aloqalar oʻzaro bir-birini mustahkamlaydi degan yakdil fikrni bildiradi.
Samarali xalqaro savdo yoʻnalishlarini yanada rivojlantirish uchun tarixiy imkoniyatni anglagan holda tomonlar savdoni kengaytirish, tranzit yoʻllarni yaratish va ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash uchun hamkorlik qilishga umid qilmoqda.
Tomonlar ushbu hamkorlik shartlarini oʻzaro konsensus asosida belgilab olish uchun yaqin oylarda uchrashishga kelishib oldilar”.
Cpetspredstavitel prezidenta Uzbekistana po Afganistanu Ismatulla Irgashev. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.07.2021
Siyosat
Afgʻoniston Markaziy va Janubiy Osiyo oʻrtasida koʻprikka aylanadi
Oʻzbekiston tomoni Rossiyaning Oʻzbekiston-AQSH-Afgʻoniston-Pokiston maslahatlashuvlarida qatnashishini olqishlashini maʼlum qildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala