Siyosat

Ashraf Gʻani ayrim qoʻshni davlatlardan Afgʻoniston ishlariga aralashmaslikni soʻradi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaAshraf Gani
Ashraf Gani - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.07.2021
Tolibon bilan muzokaralar natijasida kuchlar muvozanati qanday boʻladi - bilmaymiz. Hozir biz barcha diqqatimizni bugungi kunga qaratib, oʻzimizni toʻliq Olloh ixtiyoriga topshirganmiz - Ashraf Gʻani.
TOSHKENT, 16 iyul – Sputnik. Toshkentda boʻlib oʻtayotgan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy oʻzaro bogʻliqlik. Tahdid va imkoniyatlar” xalqaro anjumaninida soʻzga chiqqan Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani ayrim qoʻshni davlatlardan oʻz va Afgʻoniston manfaatlari orasidagi chegarani aniq belgilashni soʻradi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Afgʻoniston prezidenti aytishiga koʻra hududdagi ayrim davlatlar oʻz manfaati yoʻlida Afgʻoniston ishlariga aralashishni istaydi. Ashraf Gʻani ushbu davlatlarga quyidagi soʻzlar bilan murojaat qildi:

“Biz sizlardan tayyor boʻlib turishingizni soʻraymiz. Afgʻonistonga kuch markazi, tutashtiruvchi xab sifatida qarashingizni soʻraymiz. Bizga simpatiyangiz boʻlmasa-da, lekin siz oʻzingizning va bizning manfaatlarimiz orasidagi chegarani aniq belgilab olishingizni soʻraymiz”, - dedi Ashraf Gʻani.

Undan tashqari Afgʻoniston prezidenti Tolibon*ni muzokaralar oʻtkazishga taklif qilayotganini maʼlum qildi.
“Biz Tolibon bilan yuzma-yuz toʻqnashishga tayyormiz, <…> lekin Tolibon*ni barcha muammolarni Afgʻoniston hukumati bilan muzokaralar yoʻli bilan hal qilishga chorlaymiz”, - dedi Gʻani.
“Biz Tolibon* bilan muzokaralarda oʻz pozitsiyamizni boy bermaslikka harakat qilamiz. <…> Natijada kuchlar muvozanati qanday boʻladi - bilmaymiz. <…> Hizir biz barcha diqqatimizni bugungi kunga qaratib, oʻzimizni toʻliq Olloh ixtiyoriga topshirganmiz”.
Anjumanning barcha ishtirokchilariga murojaat qilarkan Ashraf Gʻani hududdagi qoʻshnilar yordamida yangi Afgʻoniston qurishdan umid qilayotganini bildirdi.
“Biz yangi Afgʻoniston quramiz va bizga sizning yordamingiz kerak boʻladi. <…> Afgʻonistonda milliy kuchlar aholi tomonidan va aksariyat gubernatorlar tomonidan qoʻllab-quvvatlanmoqda, koʻngilli askarlar yollash faol ketmoqda”, - dedi Ashraf Gʻani.
Afgʻon xalqi menga ishongan va men bu ishonchni oqlashga harakat qilaman. Mening asosiy vazifam davlatning barqaor rivojlanishini taʼminlashdir, deb soʻzini yakunladi Afgʻoniston prezidenti.
Eslatib oʻtamiz, bugun Toshkentda boʻlib oʻtayotgan yuqori darajali xalqaro Anjumanda dunyoning 44 mamlakatidan ikkita oliy va yuqori darajali delegatsiya, 15ta parlament delegatsiyalari, 37ta TIV delegatsiyalari va 10ta vazirlik va turli yoʻnalishdagi muassasa delegatsiyalari, 180dan ortiq ishbilarmon doira vakillari tashrif buyurgan. Tadbir arafasida mehmonlar umumiy soni 600nafarga yaqin boʻlishi eʼlon qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala