Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Markaziy Osiyoda hech kim oʻz hududida AQSH harbiy bazalarini joylashtirmoqchi emas – RF TIV

© MID RFSergey Lavrov
Sergey Lavrov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.07.2021
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Markaziy va Janubiy Osiyo yuqori darajadagi xalqaro konferentsiya ishida qatnashdi. Natijalari boʻyicha u jurnalistlarning savollariga javob berdi.
TOSHKENT, 16 iyul — Sputnik. AQShning Afgʻonistondagi missiyasi barbod boʻldi, deb aytdi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov. Bu haqda matbuot anjumanda qatnashgan Sputnik Oʻzbekiston muxbiri xabar qildi.
RF TIV rahbarining soʻzlariga koʻra, missiya barbod boʻlganini hamma tushunmoqda, bu ochiq tan olinmoqda, shu jumladan AQShning oʻzida ham, terrorchilik hech qayerga yoʻqolmadi, ISHID* va Al-Qoida* boʻlinmasi Afgʻonistonda oʻz pozitsiyalarini mustahkamladi. Giyohvand moddalarni ishlab chiqarish rekord darajaga yetdi – narkotiklarning barchasi 90 % Afgʻonistondan kelib chiqadi.
Uzbekistan, SSHA, Pakistan i Afganistan sozdali novuyu ploщadku konsultatsiy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.07.2021
Siyosat
“AQSH-Oʻzbekiston-Afgʻoniston-Pokiston” - yangi maslahatlashuvlar platformasi
Rossiya TIV rahbari “AQSH Markaziy Osiyo davlatlari va Pokistonni ularning hududlarida Afgʻonistondan olib chiqib ketayotgan Amerika harbiy infratuzilmasining bir qismini joylashtirishga koʻndirish rejalarini yashirmayapti”, deb taʼkidladi.
Vazir Oʻzbekiston va Pokiston bu taklifni darhol qatʼiyan rad etishgani va sherik-davlatlarning hech biri oʻz aholisini bunday xavfga duchor qilmoqchi emasligini taʼkidladi.
Flagi stran YEAES. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.07.2021
Siyosat
Rossiya Oʻzbekistonning YEOIIga kuzatuvchi sifatida aʼzo boʻlganidan mamnun - Lavrov
Lavrov amerikaliklarning yana bir tashabbusi haqida toʻxtaldi: "Amerikaliklar ular bilan hamkorlik qilgan afgʻonlarni mamlakatdan olib chiqib ketish va Markaziy Osiyo davlatlari hududlariga vaqtincha yoki doimiy ravishda joylashtirishga harakat qilishmoqda". Dastlab bu 10 mingga yaqin harbiy xizmatchi edi, endi yil oxirigacha 100 ming kishi, deb aytilmoqda.
Rossiyalik vazirning soʻzlariga koʻra, barcha Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari bu niyatlardagi hamma xavf-xatarlarni yaxshi anglamoqda va oʻz manfaatlaridan kelib chiqib toʻgʻri qaror qabul qilishadi.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkilotlari.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala