Markaziy va Janubiy Osiyoni rivojlantirish bo‘yicha Shavkat Mirziyoyevning 10 tashabbusi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.07.2021
Obuna bo‘lish
Urush o‘rniga - savdo va investitsiyalar, transport va logistikani rivojlantirish, ilm-fan, madaniyat va xavfsizlik borasida o‘zaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish va boshqalar.
TOShKENT, 16-iyul – Sputnik. Bugun Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan "Markaziy va Janubiy Osiyo 2021" halqaro anjumanida so‘zga chiqqan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev quyidagi 10ta asosiy tashabbusni bildirdi.
1.
O‘zaro savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va o‘zaro sarmoyalarni ko‘paytirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish.
2.
Markaziy va Janubiy Osiyoda zamonaviy, samarador va xavfsiz transport-logistika infratuzilmasini yaratish. “Termiz – Mozori Sharif – Kobul – Peshovar” temir yo‘l tarmog‘i mintaqalarimiz o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik arxitekturasining asosiy bo‘g‘iniga aylanishi kerak.
3.
Istiqbolli raqamli platformalarni joriy etish – mintaqada iqtisodiy rivojlantirishning lokomotiviga aylanishi kerak.
4.
O‘zaro va BMT bilan hamkorlikda hududimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashimiz kerak. (Markaziy va Janubiy Osiyoda 2 mlrd. Aholi yashaydi).
5.
Terrorizm, ekstremizm, transmilliy, xususan, kibermakondagi jinoyatchilikka qarshi faqat birgalikda kurashish kerak.
6.
Ekologiya masalalariga e’tibor berish va “Yashil” iqtisodiyotni rag‘batlantirishimiz kerak. Kelgusida Orol dengizi qurishi kabi muammolarga yo‘q qo‘ymaslik kerak.
7.
Biz Markaziy va Janubiy Osiyoning ulkan sayyohlik salohiyatini to‘liq ishga solish tarafdorimiz.
8.
Ilmiy va madaniy-gumanitar almashuvlarni kengaytirish kerak. Termizda YuNESKO shafeligida “Markaziy va Janubiy Osiyoning tarixiy merosi” mavzusida xalqaro forum o‘tkazishni taklif etamiz.
9.
Ilm-fan, texnologiya va innovatsiyalar sohasida qo‘shma tadqiqotlar, kadrlash almashuvi, ilmiy va o‘quv stajirovkalari olib borish va tajriba almashish uchun barcha sharoitlarni yaratish.
10.
Markaziy Osiyo xalqaro instituti huzurida Markaziy va Janubiy Osiyo hududlarining o‘zaro bog‘liqligini tizimli o‘rganish va tahlil qilish asosida Toshkentda Markaziy Osiyo Ekspertlar kengashini tuzishni taklif qilamiz.
Eslatib o‘tamiz, bugun Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan yuqori darajali xalqaro Anjumanda dunyoning 44 mamlakatidan ikkita oliy va yuqori darajali delegatsiya, 15ta parlament delegatsiyalari, 37ta TIV delegatsiyalari va 10ta vazirlik va turli yo‘nalishdagi muassasa delegatsiyalari, 180dan ortiq ishbilarmon doira vakillari tashrif buyurgan. Tadbir arafasida mehmonlar umumiy soni 600nafarga yaqin bo‘lishi e’lon qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0