Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Rossiya O‘zbekistonning YeOIIga kuzatuvchi sifatida a’zo bo‘lganidan mamnun - Lavrov

© Sputnik / Taalaybek OroskulovFlagi stran YeAES. Arxivnoe foto
Flagi stran YeAES. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.07.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya O‘zbekistonning YeOIIga kuzatuvchi-davlat sifatida qo‘shilganidan mamnun - Sergey Lavrov.
TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyada so‘zga chiqib, Rossiya O‘zbekistonning YeOIIga kuzatuvchi-davlat maqomida qo‘shilganidan mamnun ekanligini ta’kidladi. Bu haqda yig‘ilishda ishtirok etgan Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar qildi.
Rossiya TIV rahbari ta’kidlashicha, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasidagi integratsion o‘zaro aloqalarni chuqurlashtirish va kengaytirish bu yirik Yevroosiyo sherikligini o‘rnatish jarayonining ajralmas qismidir.
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.07.2021
Markaziy va Janubiy Osiyo anjumani boshlandi
Toshkentda shu kunlarda “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdid va imkoniyatlar" xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirda O‘zbekiston va Afg‘oniston rahbarlari, Pokiston bosh vaziri, Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti va turli davlatlardan 20 dan ortiq tashqi ishlar vazirlari ishtirok etmoqda.
Uchrashuv mintaqalararo aloqalarni mustahkamlash doirasida Markaziy va Janubiy Osiyo iqtisodiyotini modernizatsiya qilish istiqbollarini muhokama qilishga bag‘ishlangan. Shuningdek, transport koridorlarini kengaytirish va yangi koridorlarini qurish bo‘yicha loyihalar ham kiradi.
Yangiliklar lentasi
0