Jamiyat

Akademik litseylarga kirish imtihonlari sentyabrga koʻchirildi

© MintrudPredaritelnыy ekzamen dlya rabotы v Koreyu
Predaritelnыy ekzamen dlya rabotы v Koreyu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.07.2021
Respublika maxsus komissiyasi qaroriga asosan litseylarga kirish imtihonlari sentyabr oyiga koʻchirilishi mumkin.
TOSHKENT, 17 iyul - Sputnik. Akademik litseylarga dastlabki saralash va kirish imtihonlarini sentyabr oyiga surish rejelashtirilmoqda, deb xabar qildi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Respublika Maxsus komissiyasi qaroriga asosan.
Epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda akademik litseylarga saralash imtihonlarining oʻtkazilishi joriy yil sentyabr oyining birinchi yarmida rejalashtirilmoqda, - deyilgan xabarda.
Imtihonlar oʻtkazishning aniq sanasi haqida Vazirlik rasmiy veb saytida edu.uz hamda telegram kanalida @eduuz qoʻshima maʼlumot beriladi.
Eslatib oʻtamiz, oʻtgan 2020 - 2021 oʻquv yilida Oʻzbekiston OTMlariga kirish imtihonlari koronavirus tarqalishini oldini olish maqsadida, ochiq maydonlarda oʻtkazilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala