Dunyoda

Kubada COVID-19ga qarshi ikkita samarali vaktsina ishlab chiqildi

© Sputnik / Oleg Lastochkin / Fotobankka oʻtishKubinskiy flag nad naberejnoy Malikon
Kubinskiy flag nad naberejnoy Malikon - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.07.2021
Ayni damda Soberana 02 va Abdala sanoat uslubida ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish bosqichiga yetib kelgan.
TOSHKENT, 17 iyul — Sputnik. Kuba Gen ijeneriyasi va biotexnologiyalar markazi (CIGB) tomonidan ishlab chiqarilgan Abdala vaktsinasi COVID-19ning ogʻir shakllariga nisbatan 100% samaradorlik koʻrsatdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Uchinchi bosqich sinovlar yakunida Ozodlik oroli vaktsinasining COVID-19 virusidan himoya qilish xususiyati 92,28%ni tashkil qildi. Sinovda bir milliondan ortiq qishi ishtirok etdi, deyilgan xabarda.
Xozirgi kunda Abdala vaktsinasidan favqulodda holatlarda foydalanish uchun ruxsatnoma olingan.
Maʼlumot uchun, shu kunga qadar kubalik olimlar koronavirusga qarshi 4ta vaktsina ishlab chiqishgan. Finli vaktsinalar instituti ishlab chiqargan 2ta vaktsina - Soberana 01 va Soberana 02dan tashqari, CIGB markazi ham 2ta vaktsina ishlab chiqargan — Mambisa (burunga tomiziladiggan preparat hamda Abdala – inʼyektsiya koʻrinishidagi vaktsina.
Ayni damda Soberana 02 va Abdala sanoat uslubida ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish bosqichiga yetib kelgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala