Siyosat

Putin Baydenga Afgʻonistondagi harakatlarni muvofiqlashtrishni taklif qilgan - OAV

© AFP / Denis BalibousePrezident RF Vladimir Putin i prezident SSHA Djo Bayden vo vremya vstrechi v Jeneve
Prezident RF Vladimir Putin i prezident SSHA Djo Bayden vo vremya vstrechi v Jeneve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.07.2021
Jenevadagi uchrashuv vaqtida Putin Baydenga Afgʻoniston boʻyicha harakatlarni muvofiqlashtirish uchun Rossiyaning MOdagi harbiy bazalaridan foydalanishni taklif qilgan edi.
TOSHKENT, 17 iyul — Sputnik. Vladimir Putin Jenevadagi sammit vaqtida amerikalik hamkasabasi Jo Baydenga Afgʻoniston yoʻnalishida harakatlarni muvofiqlashtirishni taklif qilgan, deb yozmoqda "Kommersant" nashriga asosan RIA Novosti.
Xabarda aytilishiga koʻra, Rossiya oʻzining Tojikiston va Qirgʻizistondagi harbiy bazalari imkoniyatlaridan Afgʻonistondagi vaziyatni nazorat qilish maqsadida foydalanishni taklif qilgan. Yaʼni AQSH terrorchilar joylashga hududlar koordinatalarii berishi Rossiya harbiylari esa dronlar yordamida ularga zarba berishi nazarda tutilgan.
Agar amerikaliklarning maqsadi boshqa boʻlmaganidan, ular ushbu taklifdan albatta foydalanishgan boʻlardi, - deyilgan manbaada.
AQShning Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Zalmay Xalilzad ushbu mavzuda berilgan savolga izoh berishdan bosh tortdi. Kreml ham ushbu masalada hozircha hech narsa degani yoʻq.
Eslatib oʻtamiz, bugungi kunda AQSH Afgʻonistondan oʻz qoʻshinlarning 95%olib chiqib ketgan. Qolganlarni 31 avgustga qadar olib chiqish resjalashtirilgan.
Sergey Lavrov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.07.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Markaziy Osiyoda hech kim oʻz hududida AQSH harbiy bazalarini joylashtirmoqchi emas – RF TIV
Oʻtgan yilnin sentyabr oyida Qatarda afgʻonlararo muzokaralar boshlangan edi. Lekin 10 oy ichida tomonlar asosiy masalalar boʻyicha ham kelishuvga erisha olishmadi. Shu sababli Tolibon va hukumat qoʻshinlari orasida haligacha janglar ketmoqda.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov aytishiga koʻra, Moskva Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatish masalasida Vashington bilan ham Pekin bilan ham birgalikda ishlashga tayyor. Afgʻonlararo tinchlikka erishishning asosiy jihatlaridan biri, bu barcha tomonning fikriga quloq tutish, jumladan Tolibon*ni ham.
* Rossiyada taʼqiqlangan terrorchi guruh
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala