Jamiyat

Qurbon Hayiti namozi oʻrniga Zuho namozi oʻqiladi – Musulmonlar idorasi fatvosi

© Press-slujba Upravleniya musulman UzbekistanaNovaya mechet otkrыlas v Karakalpakstane
Novaya mechet otkrыlas v Karakalpakstane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.07.2021
OʻMI jamoat joylarda namoz oʻqish oʻrniga oʻz uylarida oila davrasida namoz oʻqib, qariya, beva-bechora va ishsizlar holidan xabar olib, xayriya qilish va vaktsina olishni tavsiya etdi.
TOSHKENT, 17 iyul – Sputnik. Oʻzbekistonda va butun dunyoda koronavirus pandemiyasi avj olayotganini hisobga olgan holda, Oʻzbekiston Musulmonlar idorasi karantin choralariga amal qilishga qaratilgan fatvosini eʼlon qildi.

OʻMI ushbu qarorga kelishga nafaqat amaldagi qonun va tartib-qoidalar balkim musulmonlar oʻzlarini ehtiyot qilishi kerakligi toʻgʻrisida Qurʼoni Karimning Baqara surasi 195-oyatini hamda qator Hadislarda iqtiboslar keltirgan.

Oʻzbekiston musulmonlar idorasi Ulamolar kengashining FATVOSI:
1.
Qurbon hayiti namozida katta jamoat bir joyda jamlanishini inobatga olib, pandemiya yanada avj olmasligi, vabo oqibatlarini yumshatish maqsadida shu kuni iyd namozi ado etilmaydi, oʻrniga uyda Zuho namozini oʻqish tavsiya etiladi.
2.
Juma namozlaridan (yuqoridagi sabablarga koʻra vaqtincha oʻqilmaydi) boshqa namozlar barcha karantin talablariga rioya qilgan, yaʼni niqob taqqan va oraliq masofani saqlagan holda, masjidlarning ochiq sahnlarida ado etiladi. Masjidlarda qoʻl berib yoki quchoqlashib koʻrishish qatʼiyan taʼqiqlanadi.
3.
Isitma, yoʻtal kabi kasallik alomatlarini oʻzida his qilganlar, keksalar va kichik yoshdagi bolalarga jamoat namozlarida ishtirok etish tavsiya etilmaydi.
4.
Yoshi ulugʻ keksalar va bemorlar holidan xabar olish hamda hayit bilan tabriklash va boshqa milliy urf-odatlar bilan bogʻliq anʼanalarni aloqa vositalari orqali amalga oshirib turish tavsiya etiladi.
5.
Janoza namozlari vafot etganning yaqin qarindoshlari ishtirokida, xonadonlarda oʻqiladi. Marhumlarning haqlariga qilinadigan duoi fotihalarni qatʼiy ravishda yurtdoshlarimiz oʻz xonadonlarida, oila davrasida bajarsinlar, fotihagarchiliklarga borishdan hamda oʻtganlarning qabrlarini ziyorat qilishdan saqlanib tursinlar.
6.
Moʻmin-musulmonlar imkon qadar kasallikning tarqalishini oldini olish maqsadida qurbonlik goʻshti ehsonlarini tarqatishda karantin talablariga qatʼiy rioya etsinlar.
7.
Pandemiya vaziyatida oziq-ovqat, dori-darmon va boshqa zarur vositalarning narxini oshirish, bozorlar va doʻkonlarda sunʼiy ravishda taqchillikni yuzaga keltirish hamda aholi oʻrtasida turli vahimali xabarlarni tarqatish sharʼan haromdir.
8.
Vaktsina olmaslik, uning tarkibi toʻgʻrisida boʻlmagʻur gaplarni tarqatish durust emas. Davlatimiz barcha talablarga javob beruvchi vaktsinalar vositasida ommaviy ravishda emlash ishlarini amalga oshirayotgan ekan,barcha yurtdoshlarimiz oʻzlarini va oila aʼzolarini, shifokorlar bilan kelishgan holda, emlatishlari maqsadga muvofiq boʻladi.
9.
Ehtiyojmandlar, nogironligi borlar, vaqtincha ishsizlarga ehson koʻrsatishning ayniqsa ushbu kunlar va oylarda savobi ulugʻdir. Xayriya va ehson tadbirlarini “Vaqf” jamgʻarmasi orqali yoki bevosita amalga oshirish tavsiya etiladi.
10.
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, uning viloyatlardagi vakilliklari xodimlari va imom-xatiblar ushbu fatvo mazmun-mohiyati boʻyicha aholining keng qatlamlari orasida batafsil tushuntirish ishlarini amalga oshirsinlar.
Maʼlumot uchun bugun Oʻzbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 500 kishini, pnevmoniyaga chalinganlar soni 406 kishini tashkil qilgan. Oʻtgan sutka davomida vafot etganlar 4 kishi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala