Video

Robotlar raqsi Internetni hayratga soldi

Robot itdan kuryer yoki shaxsiy yordamchi, inson uchun xavfli hududlarda ishlovchi ishchi yoki askar sifatida foydalanish mumkin.
AQShning Boston Dynamics kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan it-robot aksariyat Internet foydalanuvchilariga yaxshi tanish. YouTubeda soʻnggi bir necha yil ichida ushbu robot ishtirokida videolavhalar doimiy asosda joylashtirish kelinmoqda.
Bu safar esa, robot ishlab chiqaruvchilari uning yana bir xususiyatini - guruh boʻlib sinxron harakat qilish qobiliyatini namoyish qilishdi.
Ushbu robot va uning gʻaroyib xususiyatlaridan qanday maqsadda foydalanish mumkin?
Birinchidan kuryer sifatida - shahar boʻy lab turli joʻnatmalarni manzilga yetkazish uchun. Ikkinchidan turli ishlarda yordamchi sifatida, yoki inson uchun xavfli boʻlgan muhitlarda (tutun, gaz, virus) qandaydir ishlarni bajarish maqsadida.
Albatta, bu it ideal askar yoki askarlar boʻlinmasi boʻlishi mumkin. Bir vaqtlar Boston Dynamics uning ustiga kraska otuvchi qurol oʻrnatilgan versiyasini ham taqdim qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala