Robotlar raqsi Internetni hayratga soldi

Obuna bo‘lish
Robot itdan kuryer yoki shaxsiy yordamchi, inson uchun xavfli hududlarda ishlovchi ishchi yoki askar sifatida foydalanish mumkin.
AQShning Boston Dynamics kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan it-robot aksariyat Internet foydalanuvchilariga yaxshi tanish. YouTubeda so‘nggi bir necha yil ichida ushbu robot ishtirokida videolavhalar doimiy asosda joylashtirish kelinmoqda.
Bu safar esa, robot ishlab chiqaruvchilari uning yana bir xususiyatini - guruh bo‘lib sinxron harakat qilish qobiliyatini namoyish qilishdi.
Ushbu robot va uning g‘aroyib xususiyatlaridan qanday maqsadda foydalanish mumkin?
Birinchidan kuryer sifatida - shahar bo‘y lab turli jo‘natmalarni manzilga yetkazish uchun. Ikkinchidan turli ishlarda yordamchi sifatida, yoki inson uchun xavfli bo‘lgan muhitlarda (tutun, gaz, virus) qandaydir ishlarni bajarish maqsadida.
Albatta, bu it ideal askar yoki askarlar bo‘linmasi bo‘lishi mumkin. Bir vaqtlar Boston Dynamics uning ustiga kraska otuvchi qurol o‘rnatilgan versiyasini ham taqdim qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0