Tokio Olimpiadasi ochilish marosimida O‘zbekiston bayroqdorlarining ismi aniq bo‘ldi

© NOKZdanie Natsionalnogo Olimpiyskogo komiteta
Zdanie Natsionalnogo Olimpiyskogo komiteta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.07.2021
Obuna bo‘lish
HOQning gender tenglik tamoyiliga muvofiq har bir davlatdar bir ayol va bir erkak sportchi bayroqdor bo‘lishi kerak.
TOShKENT, 17-iyul - Sputnik. Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston bayrog‘ini ko‘tarib chiqish huquqi gimnastikachi Oksana Chusovitina va bokschi Bobo-Usmon Baturovga nasib etdi, deb xabar qilmoqda MOQ.
Ko‘plab unvonlar sohibasi va 7ta yozgi olimpiadada ishtirok etgan yagona sportchi sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan Oksana Chusovitina, munosib ravishda, yozgi Olimpiya o‘yinlarida bayroqdor bo‘lgan dastlabki ayol sportchi bo‘ladi.
Boks bo‘yicha Osiyo chempioni, Osiyo o‘yinlari g‘olibi, jahon chempionati sovrindori, “Kelajak bunyodkori” medali sohibi Bobo-Usmon Baturov unga hamrohlik qiladi.
Ochilish marosimining ssenariysiga ko‘ra har bir davlatdan 1 erkak va 1 ayol sportchi bayroqdor bo‘lib chiqishadi. Bu Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi tomonidan targ‘ib qilinayotgan gender tenglik siyosatining amalda tatbiq etilishidir, deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi 23-iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da Tokiodagi "Olimpiya" stadionida boshlanadi.
Yangiliklar lentasi
0