Iqtisod

UzAuto Motors yaqin vaqt ichida 2ta yangi model ishlab chiqarishni boshlaydi

© xcar.com.cnChevrolet Onix
Chevrolet Onix - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.07.2021
Yangi yagona platformada Chevrolet Onix va Tracker avtomobillari yigʻiladi. Ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish 21 avgustga qadar amalga oshiriladi.
TOSHKENT, 17 iyul - Sputnik. “UzAuto Motors” yaqin vaqt ichida 2ta yangi avtomobil modellarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyadi, db xabar qilmoqda kompaniya matbuot xizmati.
Chevrolet Onix va Tracker modellarini oʻzlashtirish doirasida ishlab chiqarish imkonini beradigan oʻrnatish va ishga tushirish ishlari joriy yilning 15 iyulidan – 21 avgustiga qadar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Eslatib oʻtamiz, Chevrolet Onix va Tracker bitta platformada yigʻiladi. Yangi platformani joriy etish dasturi yangi ishlab chiqarish tizimiga oʻtishni, avtomobillar qismlarini mahalliylashtirilish va moslashtirishga imkon beradi.
“UzAuto Motors” Asaka shahridagi zavodida yangi platformani joriy etish dasturini amalga oshirish uchun qoʻshimcha tarzda yana 500 nafarga yaqin xorijiy mutaxassislar jalb qilindi.
Proizvodstvo avtomobiley na zavode Uzavtomotors - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.12.2019
Iqtisod
UzAuto Motors Chevrolet Onix avtomobillarini ishlab chiqarishni boshlaydi
Shu oʻrinda, “UzAuto Motors” tayyor mahsulotni yetkazib berish boʻyicha barcha shartnoma majburiyatlarini oʻz vaqtida va toʻliq bajarilishini taʼminlashini alohida taʼkidlab oʻtgan.
Maʼlumot uchun, bitta platformada bir necha avtomobil ishlab chiqarish - investitsiyalar hajmini optimallashtirish, mahalliylashtirish darajasini oshirish hamda ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi, deyilgan xabarda.
Soʻnggi yillarda dunyodagi deyarli barcha yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilar ishlab chiqarishning ana shunday uslubiga oʻtishgan. Bu borada Volkswagen kompaniyasi birinchilardan boʻlgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala