UzAuto Motors yaqin vaqt ichida 2ta yangi model ishlab chiqarishni boshlaydi

© xcar.com.cnChevrolet Onix
Chevrolet Onix - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.07.2021
Obuna bo‘lish
Yangi yagona platformada Chevrolet Onix va Tracker avtomobillari yig‘iladi. Ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish 21-avgustga qadar amalga oshiriladi.
TOShKENT, 17-iyul - Sputnik. “UzAuto Motors” yaqin vaqt ichida 2ta yangi avtomobil modellarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi, db xabar qilmoqda kompaniya matbuot xizmati.
Chevrolet Onix va Tracker modellarini o‘zlashtirish doirasida ishlab chiqarish imkonini beradigan o‘rnatish va ishga tushirish ishlari joriy yilning 15-iyulidan – 21-avgustiga qadar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Chevrolet Onix va Tracker bitta platformada yig‘iladi. Yangi platformani joriy etish dasturi yangi ishlab chiqarish tizimiga o‘tishni, avtomobillar qismlarini mahalliylashtirilish va moslashtirishga imkon beradi.
“UzAuto Motors” Asaka shahridagi zavodida yangi platformani joriy etish dasturini amalga oshirish uchun qo‘shimcha tarzda yana 500 nafarga yaqin xorijiy mutaxassislar jalb qilindi.
Proizvodstvo avtomobiley na zavode Uzavtomotors - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.12.2019
UzAuto Motors Chevrolet Onix avtomobillarini ishlab chiqarishni boshlaydi
Shu o‘rinda, “UzAuto Motors” tayyor mahsulotni yetkazib berish bo‘yicha barcha shartnoma majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishini ta’minlashini alohida ta’kidlab o‘tgan.
Ma’lumot uchun, bitta platformada bir necha avtomobil ishlab chiqarish - investitsiyalar hajmini optimallashtirish, mahalliylashtirish darajasini oshirish hamda ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi, deyilgan xabarda.
So‘nggi yillarda dunyodagi deyarli barcha yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilar ishlab chiqarishning ana shunday uslubiga o‘tishgan. Bu borada Volkswagen kompaniyasi birinchilardan bo‘lgan edi.
Yangiliklar lentasi
0