Afg‘on harbiylari va “Tolibon”* o‘rtasida jang aks etgan video paydo bo‘ldi

© AFP 2023 / JOHN D MCHUGHVoorujennie lyudi v Afganistane
Voorujennie lyudi v Afganistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.07.2021
Obuna bo‘lish
Afg‘oniston harbiylari va “Tolibon”* o‘rtasida jang aks etgan video paydo bo‘ldi.
TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. Afg‘oniston Mudofaa vazirligi o‘z askarlari “Tolibon”* jangarilari bilan jang aks etgan videoni e’lon qildi. RIA Novosti xabariga asosan.
"Afg‘oniston Mudofaa vazirligi Kunar viloyatida “Tolibon”* bilan olib borilgan jang kadrlarini e’lon qildi", - deyilgan "Voyenniy obozrevatel" Telegram-kanalida.
Afg‘onistonda qishloq joylarda muhim hududlarni egallab olgan va yirik shaharlarga qarshi hujumni boshlagan hukumat kuchlari va Tolibon* jangarilari o‘rtasida qarama-qarshilik ketmoqda.
Afg‘onistonda beqarorlik AQSh administratsiyasi tomonidan Afg‘onistondan 11-sentabrgacha qo‘shinlarni olib chiqib ketishni yakunlash haqidagi va’dalari fonida kuchaymoqda.
2020 yilda Vashington va “Tolibon”* Doxada 18-yildan ortiq urush davomida birinchi tinchlik bitimini imzoladilar. U 14 oy ichida Afg‘onistondan xorijiy qo‘shinlarni olib chiqib ketishni va mahbuslar almashinuvidan so‘ng afg‘onlararo muloqotni boshlashni nazarda tutadi.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik harakati.
Yangiliklar lentasi
0