Hodisalar

Prokuratura 9-qavatdan qulab halok boʻlgan kelinning onasi aytgan vajlarni oʻrganib chiqadi

© Uznews.uzProkuratura
Prokuratura - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.07.2021
21 iyun kuni Toshkentning Chilonzor tumanida 20 yoshli kelin koʻp qavatli uyning 9-qavatidan tushib ketib, vafot etgandi.
TOSHKENT, 18 iyul — Sputnik. 21 iyun kuni soat 00:20 larda Toshkentning Chilonzor tumanida 20 yoshli kelin koʻp qavatli uyning 9-qavatidan tushib ketib, vafot etgandi.
Marhumaning onasi qizi oʻzini uyning 9-qavatidan tashlamaganini aytib, bunga kuyovi va qudasini sababchi qilib koʻrsatdi, deb xabar qildi Uznews nashri.
Rabota skoroy pomoщi v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.07.2021
Hodisalar
Suv uchun mojaro Namanganda dehqon oʻlimi bilan yakun topdi
“Marhuma Eʼzoza Ozodovaning onasi qizi oʻzini tashlamaganini aytdi. Unga koʻra, holat narkotik moddalar isteʼmol qiluvchi kuyovi va ayol qudasining muntazam tahqirlab kelishi oqibatida yuz berganini, u qaysidir sirni bilgani uchun oʻldirilganini iddao qildi,” – deb yozilgan xabarda.
Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga koʻra, hozirda holat boʻyicha Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Surishtiruv davomida videoyozuvda koʻrsatilgan vajlar ham oʻrganib chiqilishi taʼminlanadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala