O‘zbekistonlik ishchilar Baykal-Amur temir yo‘lini modernizatsiya qilishga jalb qilinadi

© Sputnik / Pavel Lvov / Mediabankka o‘tishStroitelstvo i rekonstruksiya mosta cherez reku Kovanta v Amurskoy oblasti
Stroitelstvo i rekonstruksiya mosta cherez reku Kovanta v Amurskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.07.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonliklar dunyodagi eng katta temir yo‘l magistralidan birini modernizatsiya qilishga jalb qilinadi.
TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. Mehnat migrantlari Baykal-Amur magistralini keng ko‘lamli modernizatsiya qilishda qatnashadilar. Bu haqda Rossiya temir yo‘llari matbuot xizmati xabar qildi.
- temir yo‘l sohasida mutaxassislik bo‘yicha o‘qigan (diplom), ushbu kasb bo‘yicha ishlagan va tegishli tajribaga ega bo‘lgan va rus tilini biladigan kishilar ishga olinadi.
- ishga tanlov Belarus, O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.
- Rossiya Federatsiyasiga jo‘nab ketishdan oldin ishchilar PSR-testidan o‘tishi kerak.
Denejnie kupuri i moneti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.07.2021
Faqat o‘zbekistonlik migrantlarning pul o‘tkazmalari ko‘paydi
Ayni paytda Rossiyaning turli hududlarida "Rossiya temir yo‘llari" ma’lumotlar bazasida 158 ta bo‘sh ish o‘rinni mavjud. Masalan, Amur va Zabaykal viloyatlarida temir yo‘l ustasiga 141 ming rubl maosh taklif qilinmoqda.
Moskvada esa yetakchi muhandis lavozimiga mutaxassis qidirilmoqda - maoshi 123 ming rubl.
Balashixada lokomotiv brigadalar instruktori – haydovchi kerak. Bunday mutaxassisga 100 ming rubl oylik taklif qilinmoqda.
Yangiliklar lentasi
0