Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Putin va Bayden RFning Markaziy Osiyodagi harbiy bazalarini muhokama qilgan - OAV

© Sputnik / Sergey Guneyev / Fotobankka oʻtishVstrecha prezidentov Rossii i SSHA V. Putina i Dj. Baydena v Jeneve
Vstrecha prezidentov Rossii i SSHA V. Putina i Dj. Baydena v Jeneve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.07.2021
Putin va Bayden RFning Tojikiston va Qirgʻizistondagi harbiy bazalarini muhokama qilishgan.
TOSHKENT, 18 iyul — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSH prezidenti Jo Bayden 16 iyun kuni Jenevada boʻlib oʻtgan muzokaralar chogʻida Rossiyaning Tojikiston va Qirgʻizistondagi harbiy bazalarini muhokama qilishgandi. Bu haqda "Kommersant" nashri oʻz manbalariga asosan xabar qildi.
Taqdim etilgan maʼlumotlarga koʻra, davlatlar rahbarlari Tojikistonda joylashgan 201-harbiy baza va Qirgʻizistonning "Kant" bazasi Afgʻonistondagi vaziyatni birgalikda harakatlarni muvofiqlashtirish masalasida muhokama qilishgan.
Uzbekistan, SSHA, Pakistan i Afganistan sozdali novuyu ploщadku konsultatsiy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.07.2021
Siyosat
“AQSH-Oʻzbekiston-Afgʻoniston-Pokiston” - yangi maslahatlashuvlar platformasi
Rossiya va Amerikaning ushbu sohadagi hamkorligi mamlakatlarga respublikadagi vaziyat toʻgʻrisida olingan maʼlumotlarni oʻzaro almashishda yordam berishi mumkin edi.
Shu yoʻl bilan Moskva mintaqada AQSH bazalarini joylashtirishining oldini olishga harakat qilmoqda, deb taʼkidladi manba.
Biroq AQShning Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod bu maʼlumotlarga izoh berishdan bosh tortdi.
Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Jeneva sammiti paytida davlat rahbarlari respublikadagi beqaror vaziyatni haqiqatan ham muhokama qilganligini RBK nashriga tasdiqladi.
Biroq, Kreml vakili prezidentlar RFning Markaziy Osiyodagi harbiy bazalari haqida muhokama qilgan-qilmaganligiga aniqlik kiritmadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala